Majburiyat

Majburiyat (huquqda) — fuqarolik huquqiy munosabati. Unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirish (mol-mulkni topshi- rish, ishni bajarish va h. k.)ga yoki mu- ayyan harakatdan o’zini saqlashga maj- bur bo’ladi, kreditor esa qarzdordan o’zining M.ini bajarishni talab qilish huquqiga ega. M. kelib chiqish asoslari, javobgarlik shartlari va shakllariga ko’ra, 2 guruhga bo’linadi: shartnomaga asoslangan M., shartnomaga asoslanma- gan (delikt) M. Shartnomaga asoslangan M.ning turlari, predmeti, ya’ni qaysi maqsadga erishishga qaratilgan bo’lishi, taraflari va ularning huquq-burchlari, M.ni bajarmaslikning oqibatlari va b. jihatlari O’zR fuqarolik kodeksida bayon qilingan (29— 56-boblar.). Shar- tnomaga asoslanmagan, ya’ni zarar etka- zishdan kelib chiqadigan M.ga Kodeksning 57-58-boblari bag’ishlanadi. Ularda zarar etkazishdan kelib chiqadigan M.ga xos umumiy qoidalar; fuqaroning hayoti va sog’lig’iga etkazilgan zararni qoplash M.i; tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida etkazilgan za- rarning o’rnini qoplash M.i ko’rsatib berilgan. Shartnomaga asoslangan M. taraflarning erkiga asosan va kelishu- VI b-n vujudga keladi, bunday M.ning taraflari va uning predmeti, qanday maqsadga qaratilishi oldindan ma’- lum va aniq belgilangan bo’ladi, M. bajarilmagan yoki lozim darajada ba- jarilmaganligi uchun javobgarlikni belgilashda taraflarning aybi hisobga olinadi. Shartnomaga asoslanmagan M. taraflarning erki, xohishidan tashqari vujudga keladi, taraflar zarar etka- zilgandan keyin ma’lum bo’ladi, pred- meti zararning turi, hajmi, daraja- siga qarab belgilanadi, javobgarlik zarar etkazuvchining aybi bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’i nazar belgilanadi. Zarar etkazuvchi faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina javobgarliqdan ozod bo’lishi mumkin. Hojiakbar Rahmonqulov.