Majburiy tebranish

Majburiy tebranish — o’zgaruvchan tashqi kuch ta’sirida tebranuvchi sistemada davriy qonun bo’yicha sodir bo’ladigan tebranish. Ko’pincha, sistemaning Majburiy tebranishi boshqa biror majburiy tebranuvchi sistema mavjudligi bilan bog’liq. Masalan, mikrofon diafragmasining Majburiy tebranishi tovush manbaining tebranishiga bog’liq. Sistema majburiy tebranuvchi sistemadan uzatilgan energiya hisobiga majburan tebranadi. Ko’pincha, Majburiy tebranishdagi sistema olgan energiyasining ko’p qismini majburiy tebratuvchi sistemaga o’tkazmaydi yoki o’tkazsa ham majburiy tebratuvchi sistema energiyasiga nisbatan kam bo’ladi. Bunday hollarda majburiy tebratuvchi sistema Majburiy tebranishdagi sistemaga davriy kuch bilan ta’sir etadi, deb olinadi. Agar sistema chiziqdi tebransa, uning Majburiy tebranish chastotasi shu davriy kuch chastotasiga teng bo’ladi. Majburiy tebratuvchi davriy kuch chastotasi bilan sistema erkin tebranishi chastotasi teng bo’lsa, sistemada rezonans hodisasi kuzatiladi. Majburiy tebranish qonuniyatlaridan tebranuvchi sistemalarni hisoblashda keng foydalaniladi.