Majburiy sug’urta

Majburiy sug’urta — davlat Su-g’urtasi shakllaridan biri, qonun asosida belgilangan shartlarga binoan, davlat sugurta tashkilotlari tomonidan o’tkaziladi. O’zbekistonda q. x. korxona- lari bo’yicha tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar qaytarilishi uchun q.x. korxonalarining javobgarli- gi; q.x. mahsulotlari etishtirish ish- larini o’tkazish uchun avans tarikasida beriladigan va fyuchers kontraktlari bo’yicha mablag’lar qaytarilishi; qishloq va shaharda garovga qo’yilgan mol-mulk; qishloqdagi transport egalarining fuqarolik javobgarligi va b. majbu- riy tartibda sug’urtalanadi. Bundan tashqari, harbiy xizmatchilar va maj- Buriy harbiy xizmat tarkibidagilar, shuningdek, ichki ishlar va xavfeizlik organlari xodimlari xizmatni o’tash, harbiy yig’inlar davrida jarohatlanish, kasallanish, o’lim hollaridan, og’ir sanoat tarmoqlari va transport tarmoqlari xizmatchilari ham majbu- riy sug’urtalanadi. M.s. bo’yicha sug’urta tashkilotlari qonunda ko’rsatilgan sug’urta holatlari yuz berganda etgan za- rar miqsorini Su-g’urta qildirgan shax- sga yoki sug’urta qilingan mol-mulkning egasiga to’laydi. O’zbekiston Respubli- kasida M.s.ni amalga oshiruvchi eng Yi- rik kompaniyalar «O’zagrosug’urta» dav- lat-aktsiyadorlik sug’urta kompaniyasi, «O’zbekin-Vest» eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi. M.s. munosabatlari O’zbekiston Respublikasining «Sug’urta to’g’risida» (1993 y. 6 may), «sug’urta faoliyati to’g’risida» (2002 y. 5 apr.) qonunlari b-n tartibga solinadi (yana q. Sug’urta).