Majburiy davolash

Majburiy davolash — sudning tibbiy yo’sindagi majburlov choralari. Bunday choralar jinoyat qonunchiligi bo’yicha jazo turi hisoblanadi. M.D. faqat sud orqali amalga oshiriladi. Bunda davolash muddati belgilanmaydi. M.D.ning huquqiy asoslari O’zR Jino- yat kodeksida bayon qilingan. M.D.ning quyidagi turlari qonunda nazarda tutil- gan: a) majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo’lish va ruhiy kasallik mutaxassisida davolanish; b) umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasining sog’liqni tiklash bo’limida majburiy davolanish; v) umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasining sog’liqni tiklash Max- sus bo’limida majburiy davolanish; g) kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasal- liklar shifoxonasida yoki bo’linmasida majburiy davolanish. M.D. choralari ruhiy kasallik- ka chalingan shaxslarni davolash va ularning yangi ijtimoiy xavfli harakatlar sodir etishining oldi- ni olish maqsadida qo’llanadi. Sud tibbiy yo’sindagi M.D. turini tay- inlashda bunday shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasini e’tiborga oladi. Mas, kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida yoki bo’limida M.D. o’ta ijtimoiy xav- fli bulgan yoki xulqiga ko’ra, umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxo- nasi sharoitida davolanishning im- koni bo’lmagan ruhiy kasalliklarga nisbatan tayinlanadi. M.D. muddati- ni uzaytirish, o’zgartirish va bekor qilish masalasini ruhiy kasalli- klar shifokorlari komissiyasining xulosasiga asoslangan holda sud hal qiladi. Agar M.D.chorasi qo’llanilgan shaxs javobgarlikka tortish mud- datlari o’tmasdan tuzalsa, javobgar- likka tortiladi va M.D. vakti jazo muddatiga qo’shiladi. Ichkilikbozlik, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo’liqqan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan takdirda, sud bunday shaxslarga nisbatan jazo tayinlash b-n birga, M.D. chorasini ham tayin- lashi mumkin. Ruhiy kasallar M.D.ni maxsus nazoratli tibbiy muassasada, ichkilikbozlik, giyohvandlik yoki zaqarvandlikka yo’liqqan shaxslar o’zlari jazoni o’ta-yotgan tibbiy mu- assasada, ya’ni ozodlikdan mahrum qilish b-n bog’liq bo’lmagan jazoni utaetganlar o’zlari yashayotgan joy- dagi tibbiy muassasada, ozodlikdan mahrum qilish va qamoq jazosini utaetganlar esa jazoni o’tash joyida majburiy davolanadilar. Mamajon Usmonaliev.