Majapaxit

Majapaxit — markazi Yava orolida bo’lgan Indoneziyadagi davlat (1293— taxminan 1520). Markazi — Majapaxit shahri. Indoneziyaning ko’p qismini birlashtirgan. Majapaxit davri o’rta asrlardagi Indoneziyaning eng markazlashgan vaqti bo’lgan. Imperiyaning asoschisi — Vijaya (Kertarajasa). U davlatning xalqaro siyosiy va iqtisodiy aloqalarini mustahkamlagan. Markazlashtirish siyosatidan norozi bo’lgan Yava zodagonlari bir necha marta (rangga lavo qo’zg’oloni, 1295; sori — 1298-1300; Nambi -1309—16; Kuti — 1319) Vijaya va uning o’g’li Jayanagarga qarshi chiqqanlar. 1331 yildagi so’nggi qo’zg’olonlar bostirilgach, Majapaxit markazlashgan davlatga aylangan. 14-asrda Yava madaniyati gullab yashnagan. «Nagarakertagama» tarixiy dostoni yozilgan, ibodatxonalar qurilgan, tasviriy san’at rivojlangan. 15-asr o’rtasidan Majapaxit inqirozga uchray boshlagan. Vijayalar sulolasi 1451 yilgacha hokimiyatni boshqargan. So’nggi marta Majapaxit haqida manbalarda 1516 yilda eslatib o’tilgan. Taxminan 1520 yil Majapaxit saltanati bir necha mayda davlatlarga bo’linib ketgan.