Mamlakatshunoslik

Mamlakatshunoslik — Geo- grafiyaning aniq hududlar (materi- klar, mamlakatlar, yirik rayonlar) ni o’rganish b-n shug’ullanadigan tarmog’i. Mamlakatshunos-geograf ushbu hududlarni o’rganish natijalari aso- sida ularda ko’pchilik qududlarga xos bo’lgan va shunga mos ravishda tabiiy va iqtisodiy geogr. tomonidan belgilangan umumiy qonuniyatlarning qanday namoyon etilishini taxlil qiladi. M. — antik dunyoda vujudga kel- gan va odamlarning turli mamlakatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni bilib olish amaliy ehtiyojlari orqali shakllan- gan. Bir necha ming yilliklar davomi- da, Gerodotdan boshlab Strabongacha, u mamlakatlar tabiati va xalqlarining hayotini qamrab olgan holda, universal xarakterga ega bo’lgan. Ko’pincha, bunday asarlarning mualliflari ushbu mamla- katlarda bo’lib kelgan sayohatchilarning o’zlari edilar. Mualliflarning ta’ri- fida ularning diqqatini tortgan bar- cha hodisalar joy olgan, hikoya qilish tartibini esa odatda, sayohatning yo’nalishi belgilar edi. Bu asarlarning ko’pchiligida yirik bo’linmalarga ajra- tish (tabiat, aholi, xo’jalik va h.k.)ning aniq sistemasi bo’lmagan. Fanning ayniqsa, 20-a.dagi rivoji natijasida tabiiy va iqtisodiy geogr. bir-biridan keskin ajraldi. Ular- ning har qaysisining tarkibida tor yo’nalishdagi geografik fanlar sistema- si (iqlimshunoslik, tuproq-shunoslik, geomorfologiya, Aholishunoslik va h.k.) shakllandi. Bu bo’linish, o’z na- vbatida hududlar (mamlakatlar, ray- onlar) bo’yicha ma’lumotlar sinteziga bo’lgan ehtiyojning kengay-ishiga olib keldi. Shuning uchun Geo-graflarning tabiatning ayrim komponentlari va xo’jalikning sohalari bo’yicha ixtisos- lashuvi b-n birgalikda hududlar bo’yicha ham ixtisoslashuvning rivojlanishi kuzatiladi, kompleks M. xarakteriga ega bo’lgan ehtiyoj vujudga keladi. Ayrim Ge- ografik fanlarning rivojlanishi M.ka oid asarlarni yanada balandroq darajaga ko’tarishga imkoniyat yaratdi. Bu esa M.ka doir yozilgan tavsiflarning tuzilishi va mazmuniga ta’sir qildi, o’rganilayotgan mamlakatning o’zaro bog’liq voqea va hodisalarning asosiy toifalari bo’yicha sistematik ta’riflashga yordam berdi. Mustaqil ahamiyatga ega bo’lishi b-n bir- galikda bundam M. ta’riflar tarmoqlar uchun xam qimmatlidir. Shu b-n birga M. asarlari katta ahamiyatga ega. M.ningumumta’lim fan- laridan biri sifatidagi ahamiyati o’rta va oliy maktabda katgadir.