Maldiv

Maldiv (Dhivehi Rajjge), Mal- div Respublikasi (Dhivehi Rajjeyge Jumhooriyya) — Jan. Osiyoda, Hind oke-ani- ning shim.-g’arbiy qismidagi Maldiv o.larida joylashgan davlat. Shri Lan- ka o.ningjan.garbida. Mayd. 298 km2. Aholisi 310,7 ming kishi (2001). Poy- taxti — Male sh. Ma’muriy jihatdan 20 orollar guruhiga bo’linadi. Davlat tuzumi. M. — Respubli- ka. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlik tarkibida. Amaldagi kon- stitusiyasi 1968 y. 11 noyab.da kuchga kirgan, unga 1972 va 1997 y.larda tuza- tishlar kiritilgan. Davlat boshlig’i — prezident, aholi tomonidan 5 y. muddat- ga saylanadi (1978 y.dan Mo’min Abdul Qay-yum). Qonun chiqaruvchi hokimiyat — bir palatali parlament (Majlis). Ijroiya hokimiyatni prezident va u tay- inlaydigan Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Tabiati. Maldiv arxipelagi 2 ming- dan ortiq kichik Orol (atoll)dan ibo- rat, shundan 200 tasida odam yashaydi. Orollarning aksariyati marjon qoyalar b-n o’ralgan. Iqlimi ekvatorga xos, mus- sonli. Havo t-rasi 24-30°. Yomg’ir ko’p yog’ishiga qaramay (yiliga 2500 mm gacha) chuchuk suv etishmaydi. Kokos palmasi, banan, tsitruszorlar bor. Non daraxti o’sadi. Aholisining 99% Maldiv (Divexi) lar, shuningdek, arablar va malayyalar ham yashaydi. Asosiy dini — Islom. Rasmiy tili — Maldiv (Divexi) tili. Shahar aholisi 30%, birdanbir shahar — Maleda istiqomat qiladi. Tarixi. Mil.AV. 3-1-a.larda Tseylon va Hindistondan singallar, hindlar ke- lib o’rnashgan. Ular budda diniga e’tiqod qilgan. 5-12-a.larda arablar va fors- lar kelgach, Islom dini tarkalgan, 1153 y.da Islom sultonligi vujudga kelib, Didi sulolasi 1968 y.gacha hukmronlik qildi. Sultonlik 1558 y.dan portugal- larga, 17-a.ning 2-yarmidan gollandlarga qaram bo’ldi. 1796 y. dan Buyuk Britaniya hukmronligi o’rnatildi, 1887 y. dek.da uning protektoratiga aylandi. 1965 y.da to’liq mustaqillikka erishdi. 1968 y.da esa rus-publika deb e’lon qilindi. M. 1965 y.dan BMT a’zosi. Siyosiy partiya- lari va kasaba uyushmalari yo’q. O’zR b-n diplomatiya munosabatlarini 1994 y. 7 dek. da o’rnatdi. Milliy bayrami — 26 iyul — Mustaqillik kuni (1965). Xo’jaligi. M. — iqtisodiy qoloq mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda baliqchilikning ulushi 13%, sayyoxlik 18%, xizmat ko’rsatish sohasi 20%, q.x. ulushi 23,7% va sanoat ulushi 7,7% ni tashkil etadi. Baliq ovlash flotida 4 mingdan ortiq kema bor. Dengizdan chi- g’anoq, marvarid, marjon ham olinadi. Q.x.ning asosi — kokos palmasi. Sholi va sabzavot, tsitrus mevalar, Mango, ba- Nan, batat, yams ham etishtiriladi. Chor- vachiligi yo’qdarajada: bir oz parranda boqiladi. Sanoati bir necha mayda usta- xonalardan iborat (baliq Maldiv baliqchilari okeanda baliq ovlamoqdalar. ovlash kemalari quriladi, to’r to’qiladi, meva konservalari tayyorla- nadi, marjonlardan bezaklar qilinadi, kokos yong’og’i qayta ishlanadi, baliq uni ishlab chiqariladi, uy-ro’zg’or asbobla- ri yasaladi va h.k.). Xorijiy sayyoxlik rivojlangan: yiliga 150 mingga yaqin sayyoh kelib-ketadi. Yuklar asosan kema- larda tashiladi. Savdo flotida 60 dan ko’proq kema bor. Asosiy dengiz por- ti — Male. Xulule o.da aeroport bor. Chetga quritilgan va dudlangan baliq, badiiy hunarmandchilik buyumlari, kokos palmasi mahsulotlari sotila- Di. Chetdan oziq-ovqat va sanoat molla- ri, neft mahsulotlari keltiriladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Hindiston, AQSh, Tailand, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Singapur, Shri Lanka. Pul birligi — Rufiya (Maldiv rupiya- si). Maorifi. Mamlakat katta yoshda- gi aholisining aksariyati savodsiz. Boshlang’ich maktabda o’qish muddati 5 y. (bolalar 6 yoshdan qabul qilinadi), o’rta maktabda 5 yoki 6 y. Boshlang’ich maktabda Maldiv tilida, o’rta maktab- da ingliztilidao’qitiladi. Quyi kasb- hunar maktabi ham bor. O’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari yo’q. Yoshlar o’rta Max- sus va oliy ta’lim olish uchun Hindiston va Shri Lankaga boradilar. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. M.da nashr etiladi- gan asosiy gaz.lar: «Aafatxis» [«yangi tong», Maldiv (Divexi) va ingliz ti- lidagi kundalik gaz.], «Maldivz Nyus Bulletin» («Maldiv yangiliklari Byul- leteni», ingliz tilidagi haftanoma), «Xaviru» [«oqshom», Maldiv (Divexi) va ingliz tilidagi kundalik gaz, 1979 y.dan]. Xans agentligi, yangiliklar Mahkamasi, 1989 y. tashkil etilgan. Ax- borot va radioeshittirish departamen- ta 1978 y. tuzilgan. Maldivlar ovozi, hukumatning radioeshittirish xizmati, 1962 y. asos solingan. Maldivlar tele- videniesi, 1978 y.dan ko’rsa-tuvlar olib boradi.