Mardikorlik

Mardikorlik — 1) o’rta asrlar- da O’rta Osiyoda Markaziy (xon, Amir) yoki mahalliy hukumat farmoni b-n na- Tural majburiyatni bajarish, shuning- dek, katta er egalari erida ishlovchi dehqonlar mehnatidan foydalanish. Ka- nal qazish, uni ta’mir qilish, harbiy istehkomlar qurish va b. og’ir yumushlar- ni bajarishda mardikorlar — safarbar qilinganlardan foydalanilgan. Ba’zan Markaziy hukumat farmoni b-n M.ka VI- loyatlar aholisi jalb etilgan. Bunday M. «mardi vilo» deb atalgan. Mas, 1559-80 y.larda Xoja Sa’d Jo’yboriy Vaxsh da- ryosida (vaxshi Hisor viloyatida) kanal qurganda shayboniylardan Abdullaxon- ning yorlig’iga binoan, Hisor, Qabodiyon, Denov va b. tumanlarning aholisi uchun «mardi vilo» e’lon qilinib, kanal qurilishiga 10 ming kishi safarbar etilgan. 2) 1-jahon urushi davrida podsho Rossiyasidagi chekka o’lkalardan front orqasiga majburan safarbar qilingan erkaklar mehnati. Ma’lumki, chor hukumati o’lkada mustamlakachilik si- yosatini kuchaytirib, uni Rossiyaning xom ashyo manbai, tayyor mahsulot bozo- riga aylantirdi. Natijada tub aholi qash-shoqlashdi, zo’ravonlik va zulm azobini tortdi. Ayniqsa, 1jahon uru- shining boshlanishi shunday ham og’ir hayotni yanada yomonlashishiga olib kel- Di. Shunday sharoit hukm surayotgan bir paytda 1916 y. 25 iyunda podsho Nikolay II ning «Imperiyadagi rus bo’lmagan er- kak aholini harakatdagi armiya r-nida harbiy inshootlar va, shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur bo’lgan boshqa har qanday ishlarga jalb qilish» farmoni- ga muvofiq, Sibir, Qozog’iston, O’rta Osiyo va Gruziya mahalliy aholisidan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo’lgan 400 ming er- kak safarbar qilinishi mo’ljallandi, jumladan, Turkistondan 250 ming kishi safarbar qilinishi kerak edi. Bu farmon tub aholini qaxr-g’azabi va no- roziligini yanada qo’zg’atib, qo’zgolon ko’tarilishigaturtki bo’ldi. Mustam- lakachilik siyosati va M.ka safarbar etishga qarshi qaratilgan xalq kurashi shafqatsizlarcha bostirildi. Shundan keyin chor hukumati imperator farmo- nini amalga oshirishga kirishdi. Bu harakat xalq orasida «M.ka olish» nomi b-n yuritildi. Chor ma’-muriyati olina- digan mardikorlarning sonini quyidagi tarzda belgiladi: Sirdaryo viloyati- dan 60000, Farg’ona viloyatidan 51233, Samarqand viloyatidan 32407, Ettisuv viloyatidan 43000, Kaspiyorti viloyati- dan 13830, jami — 200470 kishi yubo- rilishi shart bo’lgan. Ammo, xalqning qarshiligi tufayli 123000 dan ortiq mardikor safarbar qilishga erishildi. Ulardan 101600 kishi Rossiyaning shim. iga, 4000 kishi Sibirga, 7405 kishi Kav- kazga o’rnashtirildi. 10 mingdan ortiq kishilar Turkiston o’lkasida ishlatil- Di. Ular Moskva, Peterburg, Ryazan, Tula, Oryol, Smolensk, Kozon, Samara, Perm, Ekaterinburg, Orenburg, Kiev, Xarkov, Ekaterinoslav, Odessa, Zaporo- je, Kerch, Tbilisi, Botumi va b. joy- larda ishladilar. Ularga arzimagan ish haqi to’langan, turar joylari ham ancha xarob bo’lgan. Mardikorlar harbiy va od- diy sanoat korxonalarida, konlarda, te- Mir yo’llar qurilishlarida, o’rmonlarda va ayrim sanoatchi sarmoyadorlar (ka- pitalistlar)ning xo’jaliklarida ish- latildi. Ular ochlikdan, sovuqdan, xo’rlik va mashaqqatli mehnatdan ko’p azob-uqubatlarni boshlaridan kechirdi- lar. Ularning orasida o’lganlar va og’ir dardga chalinganlar bo’ldi, boqimandasiz qolgan xotin va bolalari ham nihoyatda qashshoqlashgan edi. Mardikorlar 1917 y. chor hukumati ag’darilgandan keyin yurt- lariga qashshoklashgan holda qaytdilar (yana q. Jizzax ko’zg’oloni, O’rta Osiyo qo’zg’oloni). 3) xonadonlardagi yumushlarni baja- rish uchun og’zaki kelishuv asosida muay- Yan haq evaziga xususiy shaxslarga ishbay yoki vaqtbay yollanib ishlash. Hamid Ziyoev, Nuriddin Musaev.