Marg’ilon

Marg’ilon — Farg’ona viloyati- dagi shahar. Farg’ona vodiysining Jan. qismida, Oloy tog’lari etagida joylash-gan. Farg’ona sh.dan 10-12 km shim.da, 475 m balandlikda. Yaqin t.i. stantsiya- si — Marg’ilon (4 km). Iyulning o’rtacha t-rasi 25-26°, yanv.niki -3,5°. M.ning Jan. chekkasidan Jan. Farg’ona kanali va shahar ichidan Marg’ilonsoy oqib o’tadi. Aholisi 183,2 ming kishi (2002; 1973 y.da 117 ming, 1939 y.da 46 ming, 1897 y.da 36 ming kishini tashkil etgan), aso- san, o’zbeklar (89,3%), shuningdek, rus, tatar va b. millat vakillari ham yashay- Di. M.dan 3-4 km janubroqda joylash- gan yangi Marg’ilon (sobiq Gorchakova) shaharchasi M. shahar Kengashiga qaraydi. M. to’g’risidagi dastlabki yozma ma’- lumotlar 10-a.ga taalluqli. O’sha dav- rlarda shahar «Marg’inon» deb atalgan va keyinchalik har ikki nomi ham ish- latilib kelingan. M. nomining kelib chiqishi haqida aniq bir ma’lumot yo’q. Ayrim toponimistlar «marg'» — «maysa- zor», «o’tzor»dan deb taxmin qiladilar. M. «murg'» va «yunon» so’zlaridan de- gan mahalliy to’qima rivoyat ham bor. Ibratniig «tarixi Farg’ona» qo’lyozma asarida yozilishicha, shaharga 883 y.da asos solingan. Arxeologik topilmalar M. o’rnida mil. boshlaridan aholi yashab kelayotganligini, 10-a.da u katta qishloq bo’lganligini, 11 — 12-a.larda esa shaharga aylanganligi tasdiqlamoqda. V. V. Bartold «mo’g’ullar istilosi dav- rida Turkiston» asarida Qoraxoniylar davrida ham M. viloyatning bosh shahri hisoblanganligini qayd etgan. «Boburnoma»da M. Farg’onadagi 8 tshahardan biri ekanligi, shaharning obodligi, shirin mevalari haqida so’z yuritilib, uning «donai Kalon» deb ata- luvchi anori va «Subhoniy» navli o’rigi maqtaladi. Shaharning qad. Qismida o’tkazilgan arxeologik qazilmalar na- tijasida M.ga bundan 2 ming yil avval asos solinganligi aniqlandi. Mahalliy ma’lumotlar bo’yicha shaharning 12 darvozasi bo’lgan. Buyuk ipak yo’lida joylashgan M. aholisi qadimdan atlas to’qish b-n shug’ullanib kelgan va shu tariqa uni jahonga mashhur qilgan. M.ning shoyi matolari Misr, Eron va Yunoniston, Qashg’ar savdogar- lari tomonidan ko’plab xarid qilingan. Shuningdek, M.da do’ppido’zlik, misgar- lik rivojlangan, shaharda vaqt-vaqti b-n tanga ham zarb qilingan. Shahar tur- li davrlarda Temuriylar, Shayboniy- lar davlatlari, keyingi davrda Qo’qon xonligi tarkibida bo’lgan. 1875 y.da rus qo’shinlari tomonidan bosib olin- gan. M.da oq podsho ma’murlari zulmi- ga qarshi qaratilgan, tarixda ma’lum bo’lgan «Po’latxon qo’zg’oloni» (1873— 76), mahalliy aholini Rossiyadagi front orti ishlariga zo’rlab olib ketilishiga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’oloni (1916) bo’lib o’tgan. M. 1876-1926 y.larda Farg’ona viloyatining uezd shahri bo’lgan, so’ngra Farg’ona okrugi miqyosidagi shaharga aylantirilgan. 1927 y.da M.da birinchi pillakash- lik f-kasini qurishga kirishildi. Bun- dan tashqari, ikkita elektr stantsiyasi, bosmaxona, mexanika ustaxonasi, non va limonad z-dlari bor edi. Keyinroq me- xanizasiyalashgan ko’nchilik z-Di, taxta tilish tsexi, poyabzal f-kasi foydala- nishga topshirildi. Shoyi to’qish Artel- lari yiriklashtirildi, bir qancha yangi hunarmandchilik korxonalari ishga tu- shirildi. 1963 y.da badiiy gazlamalar ishlab chiqaruvchi hunarmandchilik Artel- lari negizida «Atlas» firmasi vujudga keldi (1976 y.dan «Atlas» i.ch. birlash- masi). Shaharda 20 ga yaqin sanoat, 8 Avto- transport korxonalari, 17 qurilish tash- kiloti bor (2002). «Turonshoyi», A. Na- voiy nomli ipak gazlamalar va mexanika, «Farg’onasut», yog’ochsozlik korxonalari mavjud. «Do’stlik— Marg’ilon» qo’shma korxonasi, 600 dan ortiq kichik va Xu- susiy korxona, Markaziy dehqon bozori, «Marg’ilon» mehmonxonasi, avtobuslar shohbekati, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari ishlab tu- ribdi. M.da hunarmandchilik (ayniqsa, do’ppido’zlik, tandirchilik, misgarlik) rivojlangan. 34 umumiy ta’lim makta- bi, «Istiqbol» gimnaziyasi, milliy Xu — narmandchilik va aniq fanlar liseylari mavjud bo’lib, ularda 200 o’quvchi ta’lim oladi. 2 musiqa, 2 kasb-hunar maktabi, qurilish, tijorat, hisob-kredit, tib- biyot va pedagogika kollejlari, maxsus maktab, Mehribonlik uyi, «shoyi» kom- paniyasining ipakchilik in-ti faoliyat ko’rsatmoqda. 12 jamoat va bolalar kutubxonasi (168 ming kitob), 6 madaniyat uyi (jum- ladan, Markaziy madaniyat uyi), y. Oxun- Boboev memorial muzeyi, madaniyat va san’at muzeyi, «Nurxon» xalq teatri, madaniyat va istirohat bog’i bor. «Al Hidoya» xotira majmui mavjud. Shahar televideniesi va radioeshittirishlari qo’mitasi ishlab turibdi. M. vodiydagi yirik shaharlar b-n avtomobil yo’llari orqali bog’langan. «Marg’ilon haqiqati», «Turon shoyisi» gaz.lari chiqarilmoqda. Shaharda 1037 o’ringa mo’ljallangan kasalxonalar, 2 tibbiyot sanitariya qismi, Salomatlik markazi, tez tibbiy yordam markazi va b. tibbiy muassasalarda 422 vrach, 1599 o’rta tibbiy xodim xizmat qiladi. «At- laschi» va «Turon» stadionlari, 33 sport zali, ko’plab voleybol, basketbol va futbol maydonlari, 3 bolalar va yoshlar sport maktabi bor. 56 ta jismoniy tar- biya jamoasida 43 ming nafardan ziyod yoshlar shug’ullanmoqda. Me’moriy Yodgor- liklardan pir Siddiq majmui («kap- tarlik», 18-a. o’rtalari), Xo’ja mag’iz maqbarasi (18-a.ning birinchi yarmi), Cho- kar, Toronbozor masjidlari (20-a. bosh- lari), Saidahmad Xoja Eshon madrasasi (19-a. oxiri) va b. saqlanib qolgan. M.da buyuk alloma Burhoniddin Marg’inoniy yashab o’tgan, shoira Uvaysiy (Jahon Otin) tug’ilgan va b. bir qancha mashhur kishilar ijod qilganlar.