Matbuot erkinligi

Matbuot erkinligi — so’z, shaxs, vijdon erkinligi singari siyosiy huquqlardan biri bo’lib, matbu-otning erkin faoliyat ko’rsatishini, kishilar- ning matbuotda o’z fikr va tuyg’ularini to’siqlarsiz ifoda eta olishini ifoda- laydi. M.e. — matbuotning mohiyatini, uning jamiyat xayotidagi o’rnini belgi- laydi. Siyosiy jihatdan M.e.ga demo- kratiya kurinishlaridan biri sifatida qaraladi. «Erkinlik» so’zining tub ma’nosi har qanday to’siq, monelik va sh. k.dan xoli bo’lish, mustaqillik, ozodlik degan ma’noni beradi. Ammo aslida erkin- lik — anglangan zaruriyatdir: inson o’z oldida turgan tarixiy, iqtisodiy, siyo- siy zaruratni anglab etgandagina erkin bo’ladi, erkin fikrlay oladi. M.e. ham ana shunday xususiyatga ega, ya’ni jamiyat taraqqiyotiga, uning qonuniyatlariga ja- vob beruvchi matbu-otgina erkin matbu-otdir. Jamiyat taraqqiyotining bosh ma- salalarini chukur tushungan, unga javob bera olgan jurnalistgina erkindir. M.e.ning 3 asosi mavjud: ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy. M.e.ning ijtimoiysiyosiy asosi matbuotning qaysi ijtimoiy borlik- da, qanday tuzumda faoliyat ko’rsatishi, qaysi ijtimoiy ongning ko’rinishi ekanligi, qaysi mafkura va g’oyalarga xiz- mat qilishidan kelib chiqadi. M.e.ning mazkur bosh asosi uning huquqiy imko- niyatlari b-n ifodalanadi: har bir ja- miyat, har bir tuzum M.e. huquqini bel- gilar ekan, uning faoliyatini ma’lum qonunlar, ko’rsatmalar, bu borada olib boriladigan siyosat b-n belgilab qo’yadi. M.e.ning iqtisodiy asosi esa mat- buot nashrlari va ommaviy axborot vo- sitalarining kim tomonidan, qaysi mablag’lar evaziga chikarilishi b-n bog’liq, ya’ni matbuot kimning mablag’i evaziga, iqtisodiy qullashi natijasida chiqsa, o’sha uchun erkin bo’ladi. M.e. ning ma’naviy asosi esa uni chiqarayotgan shaxs, guruh, unda ishlov- chi jurnalistlarning ichki dunyosi, dunyoqarashi, e’tiqodi b-n bog’liq. Yuk- sak ma’naviyatli, chukur e’tiqodli, in- soniyat, jamiyat oldidagi o’z mas’uliya- tini chuqur anglab olgan, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga xizmat qiluvchi, ezgulikka intiluvchi jurnalist doimo erkin bo’ladi. Aksincha, qoloq, qotib qolgan tushunchalar, aqidalar asosida va b. maqsadlar yo’lida xizmat qiluvchi jurnalist hech qachon ruhan erkin bo’la olmaydi. M.e. muammosi matbuot paydo bo’lganidan beri mavjud bo’lib, turli jamiyatda turlicha hal etib kelingan. Matbuotning ilk davri bo’lmish va yakka hukmdorlar tomonidan chiqarilgan Avto- ritar matbuot keng omma uchun erkin bo’la olmadi. Bu — matbuotning egalari bo’lgan yakka hukmdorlar man-faatiga zid edi. Shu bois o’sha davrdayoq matbuotni erkin qilish haqidagi talablar paydo bo’lgan. Yangi o’sib kelayotgan taraqqiyparvar kuch- lar o’zlari uchun, o’z fikrlarini erkin bayon etish uchun M. e.ni talab qildilar. 17-18-a.larda Frantsiya, Angliya kabi mamlakatlarda yuz bergan inqilobiy voqealar davridagi M.e. uchun kurash bunga yaqqol misol bo’la oladi. Angliyada yashab ijod etgan Jozef Addison, ri- Chard stil, Frantsiyada Kamil Demulen, Jan Pol Marat va b. taraqqiyparvar jurnalistlar o’z asarlarida xalq om- masining fikr va tuyg’ularini ifoda etib, M. e. uchun kurashdilar. Rossiyada A.S.Pushkin, N.A.Nekrasov, N.G. Cherni- shevskiy, A.N.Gersen va b. ilg’or fikrli, o’z asarlarida xalq ommasining fikr va tuyg’ularini ifoda etgan adiblar, publi- tsistlar tsenzuraga qarshi kurashdilar. 20-a. boshida Turkistonda vujudga kelgan jadid matbuoti (q. Jadidchi- lik) namoyandalari ham mustamlaka- chi chor hukumatining M.e. borasidagi qattiq zulmiga qarshi chiqqan edilar. Bu davrda matbuotda ishlab, publisistika sohasida ijod qilgan Behbudiy, Munav- varqori, Avloniy va b. ham chor Rossiya- si general-gubernatorligining M.e.dan mahrum qiluvchi siyosatiga qarshi keskin fikrlar aytgan edilar. Keyinchalik, dunyodagi qator rivoj- langan mamlakatlarda hokimiyat o’zgarib, burjuaziya hukmronligi boshlangach, M.e. nisbatan kengaydi. Bu davrda axborot olish va tarqatish yaxshilandi, kishilar- ning matbuotdan foydalanish imkoniyat- lari ancha kengaydi. Umuman olganda, bur- juaziya matbuoti erkin matbuot deb nom oldi. Bunda ma’lum darajada haqiqat bor edi. Burjua hukumatlari matbu- ot haqidagi o’z qonunlarida matbuotni hamma uchun erkin, deb e’lon qildilar, bu qonun ma’lum darajada amalga oshdi, iqtisodiy jihatdan imkoniyati bor shax- slar, guruxdar uchun matbuot nashrlari chiqarish, axborot yig’ish va tarqatish er- kinligi paydo bo’ldi. Shu b-n birga mat- buotning sarmoyaga qaramligi ham oshdi, M.e. undan xohlagancha foydalanish er- kinligiga, boylik orttirish erkinligi- ga aylana bordi. Matbuotda shov-shuvli, oldiqochdi materiallarga, reklamalarga haddan tashqari keng o’rin berila bosh- landi. O’zbekistonda sho’ro tuzumi davrida matbuotning keng tarmog’i yuzaga kelib, «sovet grajdanlari»ga qonun yo’li b-n (SSSR Konstitusiyasining 125moddasi) M.e. «ta’min etilgan» bo’lsada, amalda butun Ittifoqda bo’lgani kabi, bu erda ham jurnalistlar faoliyati partiyaviy nazoratning qattiq iskanjasiga olindi. Matbuotning butun faoliyati kommuni- stik partiya mafkurasiga majburan xiz- mat qildirildi. O’z milliy mustaqilligiga erishgan, demokratik va huquqiy davlat, adolat- li fuqarolar jamiyatini barpo etish yo’lida borayotgan O’zbekistonda M.e. masalasi jamiyat taraqqiyoti b-n bir- galikda rivojlanib, takomillashib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 67moddasida «Om- maviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Tsenzuraga yo’l qo’yilmaydi», deb yozib qo’yilgan. M.e.ning bu ijtimoiysiyosiy va huquqiy asosi yana bir hujjat — Oliy maj- lis tomonidan 1997 y. 26 dek.da qabul qilingan «ommaviy axborot vositalari to’g’risida»gi qonunda aniq va batafsil aks etgan. Muxtor Xudoyqulov.