MARKAZIY AFRIKA RESPUBLIKASI
MARKAZIY AFRIKA RESPUBLIKASI (MAP) (Republigue Centrafricaine) — Markaziy Afrikada joylash- gan davlat. Mayd. 623 ming km2. Aholisi 3,5 mln. kishi (2001). Poytaxti — Bangi sh. Ma’muriy jihatdan 16 prefekturaga bo’linadi. Davlat tuzumi. MAP — Respubli- ka. Amaddagi Konstitusiyasi 1994 y. 28 dek.da umumxalq referendumida ma’- qullangan va 1995 y. 7 yanv.dan kuchga kir — gan. Davlat boshlig’i — prezident. U umu- miy to’g’ri ovoz berish yo’li b-n 6 y. mud- datga saylanadi va yana bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Milliy Majlis (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni Prezi- dent b-n hukumat amalga oshiradi. Vazir- lar Kengashini boshqaruvchi bosh vazirni prezident tayinlaydi. Tabiati. Mamlakat hududining katta qismini Azande qiri (bal. 600-900 m) egallagan. Qirda keng vodiylar va bal. 1300-1400 m li gumbazsimon tog’lar ko’p. Olmos, uran rudasi, lignit, temirli kvarsit konlari bor. Iklimi ekvatorial mussonli iqlim; issiq, yozi seryomg’ir. Eng issyak, oyi (mart)ning o’rtacha t-rasi 26—zg, eng salq-in oyi (shim.da dek. yoki yanv., Jan.da iyul yoki avg.)niki 21-25°. Yillik yog’in shim.dan Jan.ga tomon 1000-1200 mm dan 1600-1800 mm gacha ortib boradi. Mamlakat Jan. chegaralari bo’ylab Marning asosiy daryosi — Uban- gi (Kongo daryosining o’ng irmogi), shim. qismidan Chad ko’liga quyiluvchi shari daryosi irmoqlari oqib o’tadi. Daryolar to’lib oqqan davrda kema qatnaydi. O’simliklar qoplami, asosan, Savan- na, ayrim joylari esa yilning quruq faslida bargini to’kuvchi siyrak da- raxtli tropik o’rmonlardan iborat. Mamlakatning Jan. qismida Daryo so- Hillari bo’ylab doim yashil o’rmonlar, eng chekka Jan.dagi qizilsariq laterit tuproqlarda sernam ekvatorial o’rmonlar o’sadi. Hayvonot dunyosi boy va xilma- xil. Yirik hayvonlardan fil, karkidon, buyvol, kiyik, jirafa, yirtqichlardan Arslon, qoplon, qashqir, sirtlon yashay- Di. O’rmonlarda maymun ko’p. Daryolarda timsoh uchraydi. Har xil qushlar, ilon- lar, kalta-kesaklar, hasharotlar, Jan. da tsese pashshasi bor. Andre-Feliks, Bamingi-Bangoran, Sen-Floris milliy boglari barpo etilgan. Aholisining aksari qismini san- go tili shevalarida so’zlashuvchi banda, gbayya, ngbandi, zande xalqlari tashkil etadi. Mamlakat Jan.da bantu tili oila- siga mansub xalqlar (Azande, ngiri, Maka va b.) yashaydi. Pigmey kabilalari, shim. da Sudan arablari ham bor. Rasmiy tili — frantsuz tili. Aholining aksariyati mahalliy an’anaviy dinlarga e’tiqod qiladi, xri-stianlar, musulmonlar ham bor. Aholining 47% shaharlarda yashay- Di. Yirik shaharlari: bangi, Berberati, Bosan-Goa, Bambari. Tarixi. MARning eng qad. Tarixi etarlicha o’rganilmagan. Bir vaqtlar bu erda pigmeylar yashaganligi haqida ri- voyatlar bor, keyinroq boshqa negroid qabilalar ham paydo bo’lgan. 19-a.da hoz. MAP hududining shim.-g’arbiy qismi ba- girma va Vadai davlatlari, 90-y.larda esa Rabbax davlati tarkibiga kirgan. 1900 y.ga kelib Frantsiyaning Ubangi-shari- Chad mustamlakasi tarkibiga, keyinroq boshqa frantsuz mustamlakalari b-n Frantsiya Ekvatorial Afrikasi tarki- biga kiritilgan. 1914 y.da Ubangi-sha- ri (hoz. MAP) Chaddan ajratildi. 1958 y. Ubangi-Shari Frantsiya Hamjamiyati tarkibidagi Muxtor respublika deb e’- lon qilindi va MAP deb atala boshladi. 1960 y. 13 avg.dan mustaqil davlat. Mar- da 1966 y. harbiy to’ntarish sodir bo’lib, polkovnik J. Bokassa prezident lavo- zimini egalladi. 1976 y.da MAP kon- sti-tusiyali monarxiyaga aylantirildi va Markaziy Afrika imperiyasi nomini oldi. Bokassa I imperator bo’ldi. 1979 y. yana bir to’ntarish natijasida imperator ag’darib tashlandi, mamlakat yana Respu- blika deb e’lon kdlindi. 1981 y. Marda navbatdagi harbiy to’ntarish ro’y berdi. Hokimiyat Milliy tiklanish harbiy qo’mitasi qo’liga o’tdi. Kon-stitusiyaning amal qilishi to’xtatildi. 1993 y. 22 avg. va 19 sent.da bo’lib o’tgan umumiy say- lovda Markaziy Afrika xalqi ozodli- gi uchun harakat parti-yasining rahbari Anj-Feliks Patasse 6 y. muddatga Pre- zident etib saylandi. Yangi Konstitusiya qabul etildi, fuqaro hukumati faoli- yat ko’rsata boshladi. MAP 1960 y. sent. dan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 1 dek. — Respublika e’lon qilingan kun (1958). Asosiy siyosiy partiyalari va kasa- ba uyushmalari. Markaziy Afrika xalqi ozodligi uchun harakat partiyasi, 1979 y.da tuzilgan; Markaziy Afrika demokra- tik uyushmasi partiyasi, 1987 y.da tashkil etilgan; demokratiya va tarak,Qiyot uchun ittifoq partiyasi, 1991 y.da asos solin- gan; demokratiya va rivojlanish uchun harakat partiyasi, 1993 y.da barpo etil- gan; Markaziy Afrika Res-publikasi ozodligi uchun harakat partiyasi. Marka- ziy Afrika mehnatkashlari kasaba uyush- masi 1981 y.da tuzilgan. Xo’jaligi. MAP — iqtisodiy jihatdan zaif agrar mamlakat. Yal pi ichki mahsulotda q.x., o’rmon xo’jaligi va baliqchilikning ulushi 41,6%, ish- lab chiqaradigan sanoat ulushi 8,8%, kon sanoati ulushi 2,9%ni tashkil eta- Di. Iqtisodiy faol aholining 85% q.x.da band. Q.x. mahsulotining asosiy qismini mayda dehqon xo’jaliklari be- radi. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: ma- niok, tariq, oq jo’xori, makkajo’xori, sholi, banan, dukkaklilar. Eksport uchun paxta, kofe, shuningdek er yong’oq, kun- jut, moyli palma, geveya, tamaki eki- ladi. Chor-vachilikda qoramol, qo’y, echki boqiladi. Daryolardan baliq ovlanadi. Mamlakatning Jan.-g’arbiy qismidagi o’rmonlarda eksport uchun qimmatbaho yog’och tayyorlanadi. Sanoatida konchilik asosiy o’rinni oladi: olmos va uran qazib olinadi. I.ch. sanoati q.x. mahsulotlarini qayta ishlaydigan mayda korxonalar (paxta va kofe tozalash, yog’moy, un, sut-pishlok, z-dlari va b.)dan iborat. To’qimachilik, ko’n-poyabzal, bo’yoq f-kalari, g’isht- fayans, kislorod-atsetilen, taxta tilish z-dlari va b. korxonalar bor. Yiliga 96 mln. kvtsoatdan ko’proq elektr energiya- si ishlab chiqariladi. Mamlakatda t.y. yo’q. Avtomobil yo’llarining uz. 23,7 mingkm. Xalqaro yuklarning 95% dare orqali tashiladi. Okeanga chiqiladigan suv yo’llari eng muximidir. Kongo-Ubangi, Kongo-Sanga daryolari havzalari katta ahamiyatga ega. Bangi, zinga, salo va nola portlari, Bangida xalqaro aeroport bor. MAP chetga olmos, paxta, kofe, yog’och chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-usku- na, transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, doridarmon, yoni-lg’i kel- tiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijoz- lari: Frantsiya, Benilyuks mamlakatlari, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya. Pul birligi — Afrika franki. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’- rifiy muassasalari. 1962 y. mamlakat- da 6 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalarga majburiy ta’lim joriy qilingan. Dav- lat maktablari b-n bir qatorda xususiy maktablar xam bor. Barcha maktablar- da bolalar frantsuz tilida o’qitiladi. Boshlang’ich maktablarda o’qish muddati 6 y. 4 y.lik umumiy ta’lim kollejlari to’liqsiz o’rta, 7 y.lik liseylar to’liq o’rta ma’lumot beradi. Hunar maktabla- ri, kasb-hunar texnika bilim yurtlari, texnika kollejlari va liseylari ham mavjud. Bangida un-t (1969 y.da tashkil etil- gan) va Oliy normal (ped.) maktab, to’liq oliy ma’lumot bermaydigan bir qancha oliy maktablar bor. Ilmiy muassasa- lari: Bangida ilmiytexnika tadqiqot byurosi (1948), demografiya tadqiqot markazi, Paster in-ti (1961), paxta va to’qimachilik sanoati i.t. in-ti, Marka- ziy Afrika Agronomiya tadqiqot in-ti (1948, Bukokoda). Bangi unti, Bukokodagi Agronomiya tadqiqot in-ti va Bangidagi ilmiytexnika tadqiqotlari byurosi ku- tubxonalari mavjud. Bangida mamlakat tarixiy yodgorliklari, cholg’u asboblari muzeyi, Bartelemi Bogenda muzey, san’at va hunarmandchilik milliy markazi bor. Matbuoti, radioeshittirishi, tele- ko’rsatuvi. Asosiy gaz.lari: «jurnal ofisel de la Repyublik Santrafri-ken» («Markaziy Afrika Respublikasining rasmiy gaz.», frantsuz tilida chiqadigan hukumat xabarnomasi, 1974 y.dan), «son- go» (sango xalqi tilida chiqadigan kun- dalik gaz., 1986 y.dan). Markaziy Afri — ka axborot agentligi hukumat axborot agentligi bo’lib, 1974 y.da tashkil etil- gan; Markaziy Afrika radioeshittirish va televidenie xizmati, 1958 y.da tuzil- gan, teleko’rsa-tuvlar 1974 y.da boshlan- gan. Adabiyoti ilk rivojlanish bosqichida. Asosan, folklor shaklla- ri: ishqiy ko’shiqlar, yor-yorlar, ovchi qo’shiqlari urf bo’lgan. Eng tanikli yozuvchisi Per Maxombo Bambote — «Af- Rika qahramoni sharafiga marsiya» (Pa- tris Lumumbaga bag’ishlangan) va «ikki to-g’am qo’shig’i» dostonlarining mualli- Fi. Bu yozuvchi bir necha hikoya va bir par- Dali pesalar ham yozgan. Me’morligi, tasviriy san’ati, musiqasi. MAP hududida qad. masjid- lar va Arabcha uslubdagi uylar saqlanib qolgan. Odatda, xalqning turar joylari — doirasimon yoki to’rtburchak shaklida guvaladan va sinchli qilib, tomi juda tik nishabli tarzda qurilgan. 19-a.dan evropacha imoratlar kurila boshladi. Keyingi vaktda bangi, Berberati, Banga- Su va b. shaharlarda zamonaviy me’mor- lik usullarida ko’p qavatli ma’muriy binolar va turar joylar qurildi. Amaliy va tasviriy san’at turla- ridan yog’och o’ymakorligi, to’quvchilik, kulollik, metall va fil suyagidan uzuk, marjon shodalari, bilaguzuklar yasash rivojlangan. Palma yaproklari, poxol va o’tdan savat, bordon, qalpoq, sumka- lar to’qiladi. Buyvol va timsoh terisi- dan xaltacha, kartmon, kitob muqovalari yasaladi. Hunarmandlar maktabi tashkil topgan. Xalq marosimlari xor bo’lib aytila- digan qo’shiqlar va niqob kiyib ijro eti- ladigan ommaviy raqslar b-n o’tadi. Yak- kaxon baxshilar tarixiy dostonlar, ma- sallar, rivoyatlar va ishqiy qo’shiklarni ijro etishadi. Professional sozanda- xonandalar ijodi alohida o’rin oladi. Ndumu deb ataladigan do’mbra, makembe deb ataladigan qo’ng’iroq, ngombi deb ataladigan 2 torli Arfa, qaqildoq kabi musiqa asboblari bor. Bangida milliy san’at maktabi bo’lib, unda musiqa, raqs, drama asoslari o’rgatiladi. Milliy mu- zeyda xalq san’ati va an’analari bo’limi ishlaydi.