MARTEN DYU GAR ROJE

MARTEN DYU GAR ROJE (1881.23.3, Nyoyi-syur-Sen — 1958.23.8, Bellem) — frantsuz yozuvchisi, dramaturg. Dastlabki asari — «shakllanish»da o’z tarixi — yozuvchilikka intilib, arzigulik bir nima yozolmagan odam tarixi tasvirlangan. Keyingi «Jan Barua» (1913) romani Marten dyu Garga Shuhrat keltirgan. Asar o’sha vaqtlar uchun yangi bo’lgan dialog va tarixiy hujjatlarni chog’ishtirish usulida yozilgan. Eng yirik asari — «Tibo oilasi» (1922-40. 8 jildli) o’zining tafsilotlari, bosh personajlarining rang-barangligi bilan ajralib turadi. Asar oilaviy solnoma (oila tarixi) tarzida boshlanib, keyin 20-asr boshlaridagi Frantsiya hayotining keng haqqoniy manzarasi tasvirlangan siyosiy romanga aylanib ketgan. Marten dyu Gar bu asari bilan oilaviy solnoma janrini boshlab bergan («kulrang daftar», 1922; «axloq tuzatish koloniyasi», 1922; «tush payti», 1923; «shifokorlar kuni», 1928; «singilcham». 1928; «otamning o’limi», 1929; «1914 yil yozi», 1936; «xotima», 1940). Marten dyu Gar 1940 yildan kseyin «polkovnik Momora» epopeyasi ustida ishlagan, lekin asar yakunlanmay qolgan. Nobel mukofoti laureati (1937).