Mashina vaqti
Mashina vaqti — mashina [agregat, apparat, stanok, transport vo- sitasi, EHM (kompyuter)] yordamida mehnat predmeti yoki axborotning shak- li, holati yoki hajmi o’zgarishini amalga oshirish yoki transport vositasining mu- ayyan yo’lni bosib o’tishi uchun bevosita ketgan vaqt. «M. v.»tushunchasi, odatda, mashinadan foydalanish va texnolo- giyani joriy qilish samaradorligini tahlil qilishda, mehnatni me’yorlashda qo’llaniladi. M. v. mi-nutlar va ba’- zan soatlarda o’lchanadi, hisoblagichlar, xronometraj va fotografiya yordamida tanlama usulda hisobga olinadi. M. v. texnologik jarayonning turiga, xom ashyo va materiallarning sifatiga, mashina- ning xiliga, mehnatning mexanizasiya- lashtirilishi va avtomatlashtirilishi darajasiga, transport vositalari uchun yo’lning sifati va b. omillarga bog’liq bo’ladi. Ishlab chikarish jarayonlarini jadallashtirish, ilgor texnikani joriy qilish, i.ch.da fantexnika yutuklaridan foydalanish va b. tadbirlar natijasi- da ayrim opera-tsiyalarni bajarish uchun sarflanadigan M. v. qisqaradi. Yordamchi jarayonlarni qisqartirish hisobiga ma- shinaning umumiy ish balansida M. v. ulushini oshirish mumkin.