MEDAL YASASH SAN’ATI

MEDAL YASASH SAN’ATI, medalerlik — tasviriy san’at (haykaltaroshlik)ning alohida sohasi; tanga va medal quyish uchun qolip, ular- ni zarb qilish uchun tamga (shtempel) yasash san’ati, gliptika turi. Xom ashyo sifatida mayda shakllarni anik, bera oladigan mustahkam va shaklga oson be- riluvchan metallar (mis, kumush, oltin va b.)dan foydalaniladi. Nafis san’- atning rivojlanish qonuniyatlariga bo’ysungan M.ya.s. bir qator o’ziga xos Xu- susiyatlarga ega: berilgan shakl (asosan, aylana) ichiga tasvirni joylashtirish, tasvir b-n yozuv uyg’unlashtirilgan kom- pozisiya yaratish, tasvirda ramz, nishon, majozlarni keng qo’llash va b. M.ya.s.ning yuzaga kelishi tanga pullarning paydo bo’lishi b-n bog’liq. Tanga zarb qilish mil. AV. 8-7-a.lar (Lidiya va Yunoni- ston)da yuzaga kelgan. Tanga yasashda Kan-dakori usulida tasvir tushirilgan bos- ma metall tamg’alar qo’llanilgan, ayrim hollardagina, ayniqsa, yirik tangalarni kuyishda sopol va gips qoliplardan foy- dalanilgan. Yunoniston tangalari uncha katta bo’lmagan va bir tomoniga ixcham va aniq tasvir ishlangan. Mil. AV. 5-4-a. larda tangalar yiriklashgan, ularga ko’p shaklli kompozisiyalar joylashtiril- gan; ellin davri (mil. AV. 4-1-a.lar)da kompozisiyaga hukmdorlarning portret- lari, yozuvlar kiritilgan. Sharqda tanga- larga yozuvlar (asosan, Arab yozuvi) naqsh darajasida jozibador qilib ishlangan. 14-15-a.lar chegarasida Italiyada Uyg’onish davrida medal (yodgorlik ni- shoni) paydo bo’lgan. Italiya medallari kompozisiyasining soddaligi, umum- lashma shakllarning kenglikda erkin va uygunlikda joylanishi b-n ajralib tu- radi. 17-a.da metallurgiyada o’ta qattiq po’lat qoliplar tayyorlashga imkoniyat- lar yaratilgani M.ya.s.ni rivojlantir- Di, tanga va medallarni ko’plab tay- yorlash imkoni tug’ildi. Turli davrlar (ayniqsa, 19-20-a.lar)da tasviriy san’- atda bo’lgani kabi M.ya.s. da ham turli (barokko, ampir, romantizm, impressio- nizm, kubizm va b.) san’at oqimlarining ta’siri kuzatiladi, ular ta’sirida soha ustalari yangi ifoda (ayniqsa, shakliy) vositalarini izladilar, qo’lladilar; tangalar tayyorlashda yangi texnik vosi- talar qo’llanildi. Zamonaviy M.ya.s. zamonaviy texnika yutuklari va badiiy ifoda vositalarini qo’llagan holda rivojlanmoqda; yaratila- yotgan medal va tangalardagi tasvirlar ko’tarinki ruhi, dadil va o’tkir kompozi- tsiya echimi, ifodali umumlashma obrazi, nafis shakli, rangbarang ijro usuli va badiiy uslublari b-n ahamiyatli. Ta- rixiy voqe-alar, muhim sanalar, fan va texnika yutuklari, jamoat va davlat arboblari va b. medal va tangalarda o’z ifodasini topmoqda. O’zbekistonda M.ya.s. sohasida S. Sha- ripov, V. Malaxov, A. Mamajonov va b. samarali ijod qilmoqda. Tursunali Qo’ziev.