Mediatorlar
Mediatorlar (lot. Mediator — vositachi), neyrotransmitter- lar — fiziologik faol moddalar, nerv qo’zg’alishining kimyoviy vositachilari. Molekulalari hujayra membranasining maxsus reseptorlari orkali reaktsiya ko’rsatish va membrananing mu-ayyan ion- larni o’tkazish xususiyatini o’zgartirish xossasiga ega bo’lib, ta’sirot poten- tsiali — faol elektr signalini hosil qiladi (generasiyalaydi). M. nerv im- pulslari ta’sirida ajralib chiqib, ularning nerv uchidan ishchi a’zoga va bir nerv hujayrasidan boshqasiga o’tishida ishtirok etadi. Istalgan a’zo yoki to’qima ta’sirlanganda teri, shilliq qavatlar, muskullar, bo’g’imlar va barcha ichki a’zolarga kirgan nerv oxirlarida nerv impulsi — signal hosil bo’lib, u sezuvchi tolalar orqali Markaziy nerv sistemasi (orqa va bosh miya)ga etkazi- ladi. Undan impuls harakatlantiruvchi nervlar orqali muskullarga keladi va ularni javob reaktsiyasiga chorlay- Di. Impulsning miya hujayralarini qo’zg’atishi va so’ng harakatlantiruvchi nerv oxiridan muskullarga o’tishi uchun kimyoviy vosita — mediator zarur. AV- striya fiziologi va farmakologi o.Levi nervlar qo’zg’alganda biologik faol moddalar ajralib chiqib tegishli a’- zoni faol holga keltirishini tajriba yo’li b-n aniqladi (1921 y.). Elektron mikroskopik tekshirishlardan M. nerv oxirlarining nerv xujayra tanasi b-n tutashgan joyda — sinapslarda mavjud bo’lgan ko’p sonli pufakchalarda hosil bo’lishi ma’lum bo’ldi. Nerv qo’zg’alganda (q. Qo’zg’alish) sinaptik Pu-fakchalarning bir qismi yoriladi va ulardagi omil nerv yoki muskul xujayrasining mem- branasi b-n o’zaro ta’sirlanib, ushbu xujayrani qo’zg’atadi. Bu sekretor ja- rayonni nazorat qilishda S» ionlari- ning ahamiyati katta. Faqat qo’zg’alishda emas, balki Markaziy va periferik nerv sistemasining barcha bo’limlari tor- mollash anda ham (q. Tormozlanish) M. ajralishi aniqlangan. M. qatoriga atse- tilxolin, dofamin, adrenalin, noradre- nalin, serotonin, gistamin, simpatii, qator neyropeptidlar (entsefalinlar va b.), ma’lum bir aminokislotalar (Glu- tamin, asparagin, glisin va b.) kiradi. M.ni o’rganish fiziologiya (gumoralre- gulyasiya), farmakologiya (Markaziy va vegetativ nerv sistemasining faoli- yatini kuchaytiradigan va susaytiradigan trankvilizatorlar, ganglioblokatorlar sintez qilinishi), neyrojarrohlikda muxim klinik ahamiyatga ega.