Meksika

Meksika (Mexiko), Meksi- ka Qo’shma Shtatlari (Estados Unidos Mexicanos) — Shim. Amerikaning Jan. qismida joylashgan davlat. Mayd. 1958,2 ming km2. Aholisi 101,9 mln. Kishi (2001). Poytaxti — Mexiko sh. Ma’mu- riy jixatdan 31 shtat va 1 poytaxt Fede- ral okrugiga bo’linadi. Davlat tuzumi. M. — Federativ respublika. Meksika Qo’shma Shtat- larining 1917 y. 5 Fev.dagi siyosiy Kon-stitusiyasi amal qiladi, unga key- inchalik o’zgartishlar kiritilgan. Dav- lat boshlig’i — prezident (2000 y.dan VI-sente Foks Kesada), u umumiy to’g’ri ovoz berish yo’li b-n 6 y. muddatga say- lanadi. Konstitusiyaga binoan, Pre- zident qayta saylanishi mumkin emas. Krnun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy Kongress (2 palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi. Tabiati. M. qirg’okdari kam parcha- langan, eng katta yarim orollari — ka- liforniya va Yukatan. Tinch okeandagi bir necha Orol xam M. tarkibiga kiradi. Mamlakat qududining katta qismini Meksika tog’ligi (aksariyat bal. 1000— 2000 m, eng baland joyi — harakatdagi Orisaba vulkanlari — 5700 m) egal-laydi. Sohilga yaqin joylari pastte- kislik. Meksika qo’ltig’ida neftgazli havza, Meksika tog’ligida rangli metal rudalari (mis, qo’rg’oshin, pyx, kumush, simob, margimush, surma, kadmiy, vis- mut, qalay, volfram, oltin), mamlakat- ning shim.-sharqida toshko’mir, temir va uran rudalari, oltingugurt konlari bor. Iqlimi tropik, shim.da subtropik iqlim. Yanv. ning o’rtacha t-rasi 10°-25°, iyulniki 15°-30°. Yillik yog’in tog’yon bag’irlarida esa 2000-3000 mm. Jan.-sharqida daryosoylar ko’p, shim.- g’arbida kam (Yukatan ya.o.da umuman oqar suv yo’q). Yirik daryolari: Rio-Grande (Rio-Bravodel-Norte), Lerma (quyi oqimida Rio-Grandede Santyago deb ataladi), Balsas, Grixalva — Usuma- Sinta dare sistemasi. Eng katta kuli — Chapala. Shim.-g’arbida, asosan, bo’z tuproq va cho’lga xos oddiy tuproqlar; tog’liklarda surjigarrang, jigarrrang, savanna qizil tuproqlari va tog’-o’rmon qo’ng’ir tuproqlari, pasttekisliklarda surjigarrang, savanna qizil tuproqlari va botqoq tuproqlari uchraydi. O’simliklari juda xilma-xil. M.da o’simliklarning 12 mingga yakin turi bor; shulardan 2/3 qismi endemic o’simliklardir. Meksika tog’ligining shim. kattaroq qismida uziga xos kse- rofil o’simliklar, shuningdek, MIMO- zadosh butalar o’sadigan chala cho’l va cho’llar asosiy o’rin tutadi. Tog’liqning Jan. qismida va bu erlarni o’rab olgan pasttekislik sohillarida boshoqlilar va sertikan butalardan iborat savanna o’simliklari, tog’larda bargli va ara- lash o’rmonlar (dub, grab, jo’ka, karagay, oqqarag’ay va b.) usadi; M.ning Jan. va Jan.-Sharqiy qismlarida aksari tro- pik o’rmonlar, Sharqiy yon bag’irlarida doim yashil sernam o’rmonlar, g’arbiy yon bag’irlarida igna bargli, tog’etaklarida barg to’kadigan o’rmonlar bor. Yovvoyi hayvonlardan chala cho’l va cho’llarda kemiruvchilar — er qazir (er sichqon), koyot (yaylov bo’risi), Mek- sika tog’ligi o’rmonlarida qora ayiq, enot, kizil silovsin, Puma, savanna- larda bug’u, chumolixo’r, jayra, Jan. dagi tropik o’rmonlarda maymunning 2 turi, tapir, yaguar uchraydi. Hayvo-not, o’simlik dunyosi va b. noyob joylarni qo’riqlash maqsadida 50 dan ko’proq bog’ tashkil etilgan. Eng yiriklari: Kumbre- ode-Monterrey, Serrade-San-Pedro- Martir, Kan-ondelrio Blanko va b. Aholisining kupi meksikanlar bo’lib, ular indeys kabilalari va elatla- ri, Evropa (asosan, Ispaniya)dan kuchib kelganlar va plantasiyalarda ishlatish uchun keltirilgan afrikaliklardan ibo- rat. Aholining yarmidan ortig’i aralash nikoxdan tug’ilgan metis va mulatlar- dir. Tub indeys xalqlari o’z tillari va madaniyatlarini qisman saqlab qolgan. Ispanlar, Basklar, nemislar, frantsuz- lar, italyanlar va b. ham bor. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlarning 96% Kato- liklar. 73% aholi shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Mexiko, Gvadalaxara, Monterrey, Leon, Syudad-Xuares. Tarixi. M. hududida odam yuqori paleolit (miloddan 20-15 ming yil oldin) davridan yashaydi. Bu erda tur- li davrlarda G’arbiy yarim shardagi eng rivojlangan tsivilizasiyalardan biri mavjud bo’lgan. Mil. AV. 1ming yillik o’rtalaridan aholi o’troq hayot kechira boshlagan, dehqonchilik, hunarmandchilik, san’at taraqqiy et- gan. Milod boshlarida Markaziy Ame- Rikaning shim.-g’arbiy qismida Mayya qabilalari yashagan. 1ming yillikning 2-yarmida Markaziy M.da tolteklar xiyla yuksak madaniyat yaratdilar. Lekin bu madaniyatni 2-ming yillikning bosh- larida naua qabilalari barbod qildi. Naua qabilalari orasida asteklar ham bor edi, ular hoz. Mexiko sh.ni barpo etdilar va 14-a.da yirik davlat tuzdi- lar, bu davlat 15-a.da Markaziy va Jan. M.ning eng qudratli davlatiga aylandi. Bu erda dehqonchilik, hunarmandchilik, qurilish texnikasi, tasviriy san’at birmuncha rivoj topdi. 1517 y. M.ni is- panlar bosib ola boshladilar. 16-a. oxi — riga kelib M. xududi butunlay zabtetil- Di. Yangi Ispaniya viseqirolligi tuzil- Di, butun hokimiyat ispan zamindorlari qo’l ostiga o’tdi. Mahalliy aholining aksar qismi o’z erlaridan mahrum etil- Di, mustamlaka hokimlari, zamindorlar va katolik cherkoviga tobe bo’lib qoldi. Ocharchilik, kasalliklar ko’plab indeys- larning yostig’ini quritdi (ispanlar zabt eta boshlagan paytda 25 mln.ga yaqin indeys bo’lgan bo’lsa, 1605 y.ga kelgan- da 1mln. dan sal ortiq indeys qoldi). Ishchi kuchi etishmay qolgach, Afrikadan ko’plab negr qullar keltirila boshladi. I. ch. sanoatining rivojlanishiga turli yo’llar b-n to’sqinlik qilindi, ko’pchilik ekinlarni ekishni taqiqlab, tuz, porox, tamaki mahsulotlari sotish davlat mono- poliyasiga aylantirildi. Mahalliy xalq mustamlakachilarga qarshi bosh ko’tarib bir necha bor qo’zg’olon qildi. Iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi va ichki bo- zorning vujudga kelishi, milliy ong- ning uyg’onishi ta’sirida 19-a.ning boshlarida meksikan millati tarkib topa boshladi. Amerikadagi ispan mustamlakalari- ning mustaqillik uchun olib borgan uru- shi davrida (1810-26), xususan, 1810— 15 y.larda M.da M. Idalgo va X. M. Mo- relos rahbarligida dehqonlar qo’zg’oloni bo’lib o’tdi, bu qo’zg’olon sha-fqatsiz bo- stirildi. Ispaniyadagi 1820-23 y.lar inqilobi va Jan. Amerikadagi Ispaniya mustamlakalari vatanparvarlarining muvaffaqiyatlari M.da xalq ozodlik harakatining yangidan ko’tarilishiga sabab bo’ldi. A. Iterbude boshchiligida- gi harakat keng xalq ommasi tomonidan ko’llab-quvvatlandi. 1821 y. M. mustaqil davlat, 1824 y. esa respublika deb e’- lon qilindi. 1845 y. AQSh Texasni, 1846-48 y.lardagi Amerika-Meksika urushi natijasida mamlakat hududining qariyb yarmini bosib oddi. M.ga qarshi uyushtirilgan Angliya-Frantsiya-Yspa- niya interventsiyasi meksikan xalqining qahramonona qarshiligiga uchrab, in- terventlarning mag’lubiyati b-n tugadi. 1877-80 va 1884-1911 y.larda general P. Dias prezident bo’lib turdi; ana shu davr- da fuqarolar ozodligi oyoq osti qilindi, Kongress o’z ahamiyatini yo’qotdi. 20-a. ning boshlaridan inqilobiy yuksalish ro’y bera boshladi. 1910 y.da dehqonlar harakati avj olib ketdi. F. Vilya, E. Sapata dehqonlar harakatining eng Yi- rik rahbarlari edilar. 1910-17 y.larda M.da inqilob bo’lib o’tdi. 1911 y. may oyida Dias rejimi ag’darib tashlandi. Yangi Konstitusiya qabul qilindi. 1929-33 y.lardagi jahon iktiso- diy bo’hroni davrida inqilobiy harakat kuchaydi va milliy inqilobiy parti- yaning radikal qanoti vakili L. Karde- nas-idelrio prezident qilib saylan- Di. Uning hukumati (1934-40) mu-him o’zgarishlar qildi, er islohoti o’tkazdi. 2-jahon urushining boshlarida M. hukumati betaraf ekanligini bildir- Di; lekin 1942 y. may oyida fashistlar blokiga qarshi urush e’lon qildi. Urush- dan keyingi yillarda M. iqtisodiyoti yuksala bordi. Biroq qishloqda ahvol o’zgarmadi. 60-y.lardan boshlab L. Ma- Teos (1958-64) va D. Ordas (1964-70) hukumatlari milliy iqtisodiyotni mustahkamlash yo’lini tutdi. 1970 y.da hokimiyat tepasiga kelganl. Echever- RIA hukumati ahvolni yaxshilash uchun er islohoti to’g’risida qonun (1971), yangi saylov qonuni (1972), mahalliy capital qo’yilishini rag’batlantirish va chet el kapitalini tartibga solish to’g’risida qonun (1973) qabul qildi, davlat xizmat- chilari uchun haftasiga 5 ish kuni joriy qildi. M.ning G’arbiy Evropa mamlakat- lari, Yaponiya va Lotin Amerikasidagi bir qancha mamlakatlar b-n tashqi savdo aloqalari kengaytirildi. 1976 y.da saylangan prezident L. Portilo va ayniqsa, 1994 y.da say- langan E. Sedilo hukumatlari sanoat va q.x.ni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar o’tkazishga urindi. Ammo mamlakatning tashqi qarzi oshdi, i.ch. quvvatlaridan foydalanish pasaydi, ekinzorlar qisqardi. 2000 y. «O’ng Mar — kazchi alyans» blokidan Visente Foks Kesadaning prezident lavozimiga say- lanishi 1929 y.dan buyon mamlakatni idora qilib kelayotgan institusion- inqilobiy partiyaning hukmronligiga chek qo’ydi. Keyingi yillarda xo’jalik boshqaruvini maxalliylashtirish, dav- latga qarashli norentabel korxonalar- ni qisqartirish, iqtisodiyotning «ochi- kligi» va tadbirkorlik FA-oliyatini kuchaytirish, o’zaro manfa-atli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish siyosati o’tkazila boshladi. M. 1991 y. 26 dek.da O’zR mustaqilligini tan olgan va 1992 y. 16 martda u b-n diplomatiya munosa- batlari o’rnatgan. M. 1945 y.dan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 16 sent. — Mustaqillik e’lon qilingan kun (1810). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma- lari. Institusion-inqilobiy partiya, 1929 y.da tuzilgan (1938 y.gacha Milliy- inqilobiy partiya, 1946 y.gacha M. inqilobiy partiyasi deb atalgan, 1946 y.dan hoz nomda); Kardenista milliy yangilanish fronti partiyasi, 1972 y.da asos solingan; M. ko’katparvar ekologiya partiyasi, 1987 y.da tuzilgan; demokra- tik inqilob partiyasi, 1989 y.da tash- kil etilgan; Milliy harakat partiyasi, 1939 y.da tuzilgan. Kasaba uyushmalari: Mehnat Kongressi, 1966 y.da tuzilgan; M. mehnatkashlari konfederasiyasi, 1936 y.da asos solingan; M. ishchilari mintaqa konfederasiyasi, 1918 y.da tashkil etil- gan; ishchi va dehqonlarning inqilobiy konfederasiyasi, 1952 y.da tuzilgan; M. ishchi va dehqonlarining Xasinto Lo- pes nomidagi umumiy Ittifoqi, 1949 y.da asos solingan; mehnatkashlarning inqilobiy konfederasiyasi, 1954 y. tash- kil etilgan; Davlat xizmatchilari kasaba uyushmalari federasiyasi 1938 y. tuzil- gan. Xo’jaligi. M. — industrial-agrar mamlakat. Lotin Amerikasida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakat- lardan biri. Yalpi ichki mahsulotda sa- noatning ulushi 24,5%, qishloq, o’rmon xo’jaligi va baliqchilikning ulushi 9%. M. paxta, shakarqamish, kofe etishtirish- da, neft, gaz, kumush, rux, qo’rg’oshin, ol- tingugurt, simob qazib olishda dunyoda oddingi o’rinlarda turadi. Sanoatida iqtisodiy faol aholining 15,3% band. Muhim tarmoqlari: konchi- lik, neftni qayta ishlash, neft kimyo- si, metallurgiya, qurilish, to’qimachilik, oziq-ovqat, mashinasozlik sanoati. Neftgaz sanoati va ularni qayta ishlash korxonalari M. qo’ltig’i sohilida, kon- chilik va metallurgiya sanoati Meksika tog’ligi shim.da, i.ch. sanoati korxonalari yirik shaharlarda joylashgan. Kumir sa- noati muhim o’rin oladi. Verakrus, Tam- Piko, Minatitlan, Mexiko va Salamanka sh.lari neft kimyosining, Monterrey, Monklova, Mexiko atroflari qora me- tallurgiya, Mexiko, Verakrus, Kananea, Chiuaua, Torreon sh.lari rangli metal- lurgiya, Mexiko, Toluka, Pu-Ebla mashi- nasozlik va metall ishlash sanoatining asosiy markazlaridir. Bundan tashqari, dizellar, t.y. vagonlari, avtomobil- lar, to’qimachilik mashina-uskunalari, elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari (shu jumladan, televizor- lar), stanoklar, kemalar ishlab chikara- Di. Energetika, qurilish ashyolari, kimyo, farmasevtika, to’qimachilik, tikuvchilik, ko’n-poyabzal, oziq-ovqat sanoati ham rivojlangan. Hunarmandchilik buyumla- ri i.ch.ga alohida ahamiyat beriladi. Yi- liga 89,5 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (asosan, issiqlik elektr st-yalarida). Qishloq xo’jaligida iqtisodiy faol aholining 27,8% band, q.x. aholining ehtiyojini asosan ta’minlaydi va mahsulotining bir qismini eksport qiladi. Erlarning ‘/4 qismiga ekin ekiladi, 3/4 qismi yaylov. Ekin maydo- nining 5,15 mln. ga sun’iy sug’oriladi. Erlarning ko’p qismi q.x. jamoala- ri — exidoga qarashli. Asosiy tarmoq — dehqonchilik. Eksport uchun paxta, kofe, ichki ehtiyoj uchun shakarqamish, makkajo’xori, oq jo’xori, bug’doy, sholi, loviya, kartoshka, soya ekiladi. Pomidor, er yong’oq, ertagi sabzavot, tsitrus meva- lar, ananas va b. bir qancha tropik va sub- tropik ekinlar eksport ahamiyatiga ega. Ko’p mikdorda yog’och tayyorlanadi. Chorva- chiligida koramol, ot, cho’chqa, qo’y va echki boqiladi. Dengizlarda baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi. T.y. uz. — 26,4 ming km, avtomobil yo’llari uz. — 242,3 ming km. 11 ming km neft va gaz quvuri bor. Barcha shtat va shaharlari aviasiya havo yo’llari orqali tutashtirilgan. Mexiko, Verakrus, Me- rida, Monterreyda katta Aero-portlar bor. Asosiy dengiz portlari: Vera- Krus, Mexiko, Tampiko, Koasa-koalkos, Salina-Krus. M. chetga tayyor va chala tayyor bu- yumlar, shuningdek, neft va neft mahsuolotlari, paxta, kofe, dengiz, kon- chilik sanoati va rangli metallurgiya mahsulotlari chiqaradi. Chetdan chala tayyor buyumlar, mashina va asbob-uskuna- lar, iste’mol mollari sotib oladi. Sav- do-sotikdagi asosiy mijozlari: AQSh, Kanada, Yaponiya, Lotin Amerikasi va Evropa mamlakatlari. Chet el turizmi rivojlangan. Pul birligi — M. pesosi. Tibbiy xizmati. M.da, asosan, davlat tibbiy xizmat tizimi yo’lga qo’yilgan. Vrachlar un-tlar huzuridagi 4 ta tibbiyot f-tida tayyorlanadi. Akapulko, Kuerna- Vaka, Orisaba, Verakrus kabi kurortlari bor. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri- fiy muassasalari. Boshlang’ich maktabda o’qish muddati — 6 y., o’rta maktabda 5 va 6 y. 6-15 yoshdagi bolalar uchun boshlang’ich ta’lim — bepul. Davlat maktablaridan tashqari, ko’pgina xususiy maktablar ham bor. Mamlakatda 189 ta oliy o’quv yurti, shu jumladan, 60 ta un-t mavjud. Eng Yi- riklari,: Mexikodagi M. milliy Muxtor unti (1551), Milliy politexnika in-ti (1936), Gvadalaxara, Moreliya, Puebla- dagi un-tlar. Ilmiy muassasalari: M. tillar akademiyasi, M. tarix Akademi- yasi (1940), Milliy tabiiy fanlar aka- demiyasi (1884), Milliy tarix va geogr. akademiyasi (1925), M. milliy tibbiyot akademiyasi (1864), yadroviy, tibbiybiol. tadqiqot markazlari, Panamerika kimyo in-ti, Milliy matematika maktabi. 30 dan ortiq boshqa i.t. muassasalari va 60 dan ziyod ilmiy jamiyat va uyushmalar mavjud. Mamlakatning eng katta kutub- xonasi — Mexikodagi Milliy kutubxo- na (1833), boshqa shahar va un-tlarda ham yirik kutubxonalar bor. Muzeylari: Za- monaviy san’at muzeyi (1964), Milliy antropologiya muzeyi (1825), Milliy ta- rix muzeyi (1825), Sankarlos rangtasvir va haykaltaroshlik galereyasi (1785) va b. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. M.da 2 mingdan ko’proq davriy nashr, shu jumladan, 227 ta kunda- lik gaz. chiqadi. Eng nufuzlilari: «Dia» («Kun», 1962 y.dan), «in-formador» («Xabarchi», 1917 y.dan), «Universal» (1916 y.dan), «Uno Mae UNO» («bir plyus bir», 1977 y.dan), «Ekselsior» (1917 y.dan), «Eraldo de Mexiko» («Meksika xabarnomasi», 1965 y.dan); Informaso- nes Mexikanas — Informeks Milliy axborot agentligi aktsiyadorlik jamiya- ti bo’lib, 1960 y.da tuzilgan. Notisias Mexikanas — Notimeks xukumat axbo- rot agentligi bo’lib, 1968 y.da tashkil etilgan. M.da mingdan ko’proq radio va 700 dan ortiq telest-ya bor. M.ning etak- chi «Televisa» teleko’rsatuv tijorat konsortsiumi 1973 y. tuzilgan. Milliy radio va televidenie sanoati palatasi 1942 y. tashkil etilgan. Adabiyoti 16-a.ga kadar tub joy in- deys qabilalari tillarida, ispanlar bosib olganidan keyin ispan tilida rivojlandi. Mustamlakachilikdan AV- valgi davrda Mayya (3-9-a.lar) va ATS- teklar (14-16-a.lar) adabiyoti g’oyat ravnaqtogshi. Mustamlakachilik davrida- gi adabiyot evropacha an’analar yo’lidan bordi. Xalq og’zaki ijodiyoti ham uzluk- siz rivojlanib adabiyotga kuchli ta’sir etib turdi. Ispan gumanist ma’rifatparvari B. de Las Kasas adabiyotning rivojida katta rol o’ynadi. Ispan tilida ilk bor E. Kartesning «ispan qirollariga MAK-tublar», B. Dias del Kastilo- ning «yangi Ispaniya istilochilarining asl tarixi» asarlari vujudga keldi. B. de Valbuenaning «Meksikaning la- tofati» dostoni (1604) M. mavzuidagi birinchi asar bo’ldi. 17-a. adabiyotida she’riyat asosiy o’rinni egalladi. 18-a. da R. Landivarning «Meksika qishlog’i» (1781), F. Klavixeroning «Meksikaning qadimgi tarixi» (1780-81) dostonla- ri maydonga keldi. Mustaqillik uchun kurash yillarida (1810-24) A. Kintan Rooning inqilobiy she’rlari Shuhrat qozondi (milliy madhiya —»o’n oltinchi sentyabr» va b.). X. X. Fernandes de Li- sardaning «Perikilo Sarniento» ro- manida mustamlakachilik tuzumi qattiq tanqid qilindi. Mustaqil M. adabiyotida paydo bo’lgan birinchi badiiy yo’nalish roman- tizm edi. M. Akunya, G. Prietoning she’- rlari va M. Payno («Shaytonning nay- ranglari»), L. Inklan («Astusia…»)ning M. milliy mustaqilligini haqqoniy va badiiy tasvirlagan tari-xiy romanla- ri romantizm ruhida yozildi. 19-a.da M. she’riyatida modernizm paydo bo’ldi (M. X. Oton, S. Dias Miron, A. Nervo va b.) 19-a. oxirida, P. Dias diktaturam davrida nasriy realistik tamoyil vujudga keldi. R. Delgado, X. Lopes Portilo-i-Roxas romanlarida mamla- kat ijtimoiysiyosiy hayotining qarama- qarshiligi va illatlari fosh etildi. 1910-17 y.lardagi burjuademokratik inqilob M.da tarakdiypar-var adabi- yotning rivojlanishiga sabab bo’ldi. M. Asuelaning «pastdagilar» (1916) Roma- nida kurashayotgan xalqsiymosi va om- maviy harakatlar aks ettirilgan. M. L. Gusman («Burgut bilan ilon», 1928), g. Lopes-i-Fuentes («harbiy lager», 1931; «Mening generalim», 1934) va b. yozuvchi- larning asarlari ham shu ruxda yozildi. 20-a.ning yirik shoirlari (R. Lopes Velarde, E. Gonsales Martines, K. Pe- Liser)ning asarlarida xalqning ma’- naviy hayoti va milliy turmushi yorqin aks ettirilgan. M. Nasri 50-y.larning o’rtalaridan yana yuksala boshladi. Ro- mannavislar milliy voqelikni badiiy tadqiq qilishni chuqurlashtira borib, umumbashariy muammolarni ko’tarib chiqdi. A. Yanesning «jala oldidan», X. Rulfoning «Pedro Paramo», Nobel mukofoti sovrindori K. Fuentesning «O’ta tiniq soha», «Artemio Krusning o’limi», Rosario Kastelyanosning «Zul- matdagi ibodat» romanlari ana shunday asarlardir. Keyingi yillar adiblari hoz. zamon milliy voqeligini o’rganib, azaliy insoniy muammolarni yangi sha- roitda hal etishga intilmoqda. Me’morligi. Qad. davrda (16-a.gacha) M. hududida indeyslar madaniyatining qator sohalari ravnaq topgan. Mil. AV. 1ming yillikda me’morlik ayniqsa yuk- saldi. M. Markaziy viloyatlarida, Jan.da va Yukatan ya. o.da shaharlar bar-po etil- Di. Olmeklar mahobatli insho-otlar, qad. madaniyatga ega bo’lgan Mayya xalqi zinapoyali ehrom (piramida) shaklidagi ulkan ibodatxonalar (Choluladagi exrom asosining bir tomoni 440 m) va rangba- rang naqshlar b-n bezatilgan gumbazli binolar qurishgan. Mustamlaka davri (16-19-a, bosh- lari)da M.da shaxarsozlik rivojlandi. Binolar ispancha uslubda qurildi, shu b-n birga, me’morlikda mahalliy an’ana ham o’z aksini toddi. 17-a.dan boshlab ba- Rokko uslubi paydo bo’ldi (Moreliyadagi sobor, 1640-1705; Me-xikodagi Milliy saroy, 1692-99; La Profesa cherkovi, 1714-20; Sagrario Metropolitano Cher- kovi, 1749-68; Gvadalaxaradagi San- ta-Monika cherkovi, 1720-33; Tlaskala yaqinidagi Santa-Mariya de Okotlan Cher- kovi, 1745— 60 va h. k.). 19-a.da ispan, italyan va frantsuz ustalari etakchi rol o’ynadi. 19-a.ning 2-yarmi — 20-a. boshlarida Mexikoda Yi- rik binolar qurildi, yangi magistrallar ochildi. Binolar beton, temir, temir- betondan qurila boshladi. 1949— 54 y.larda Mexikoda K. Laso rahbarligida qurilgan un-t shaharchasi 20-a. o’rtalaridagi M. me’morligining eng yaxshi xususiyatlarini aks ettirgan; go’zal joyda qurilgan bu shaharcha o’quv, sport va turar joy binolaridan iborat bo’lib, me’morlik b-n mahobatlidekorativ san’at mahsulidir. 50-80-y.larda M.da zilzilaga chidamli ko’p qavatli turar joy va jamoat binolari qad ko’tardi. Mexikoda bir qancha turar joy dahalari va yo’ldosh-shaharlar paydo bo’ldi. Astek stadioni, Sport saroyi qurildi. Tasviriy san’ati juda qad. bo’lib, mil. AV. 2-ming y.likdan boshlab rivoj- langan. Bu davrga mansub tosh va Terra- kotadan yasalgan haykalchalar, shakldor idishlar saqlanib qolgan. Mil. AV. 1ming y.liqda M. qo’ltig’i bo’yida yashov- chi olmeklar hoz. Verakrus va Tavasko Shtatlarida qabariq tosh yod-gorliklar, ibodatxonalar kurganlar, tosh tobutlar, odam va hayvon qiyofasidagi iloxlar yasa- ganlar. Mil. 1ming y.likda totonaklar, sapoteklar, may-yalar go’zal amaliy va tasviriy san’at namunalarini yaratdi- lar. 10-16-a,lar san’atida harbiy man- zaralar, dahshatli siymolar, murakkab bezaklar ustunlik qila boshladi. Mustamlaka davrida cherkovlarning sirti va ichi xilma-xil o’ymakorlik US- lubida bezatildi, ayniqsa, 18-a.da ul- trabarokko (hashamdorlik) rivoj topdi, yog’och o’ymakorligi usulida rangbarang haykallar yasash, diniy mavzudagi rang- tasvir va odamlar qiyofasini chizish (B. de Echave, M. Kabrera), keyinchalik aka- demik haykaltaroshlik (M. Tolsa) urf bo’ldi. 19-a,da M. tasviriy san’atida evro- Pa badiiy madaniyati o’ziga yo’l ocha bosh- ladi. Shu b-n birga, tasviriy san’-atda milliy mavzuga qiziqish boshlandi. 19- a. oxiri — 20-a.boshlarida M. tasviriy san’atiga Evropadagi yangi badiiy oqimlar («modern», impressi- onizm) ta’sir eta boshladi. Bir qancha san’atkorlar (X. Murilo, S. Erran) M. san’atini tiklash, zamonaviy milliy uslub yaratish g’oyasini olg’a surdilar. X. G. Posada esa xalq badiiy an’anala- ri b-n bog’liq inqilobiydemokratik sa- tirik grafikaga asos soldi. 50-60-y. larda mahobatli tasviriy san’atda yangi me’morlik binolari b-n bog’liq asar- lar (bezakli mozaika, bo’rtiq mozaika, naqshlar) asosiy o’rin tuta boshladi. M.da tasviriy san’at va grafikaga Kara- ganda zamonaviy haykaltaroshlik kamroq taraqqiy etdi. M. xalq san’atida indeys va ispan san’ati an’analari qo’shilib ketgan. Musiqasi. M. musiqasi qadimdan o’ziga xos va boy. Mahalliy aholi, jum- ladan, qad. asteklar turmushida (mas, Di- niy va ibodat marosimlarida, ish payt- larida) musika katta rol o’ynagan. Bir qancha shaharlarda maxsus musika MAK- tablari bo’lgan. Birmuncha sof «indeys musiqasi» ayrim chekka joylardagi tub aholi o’rtasida hanuz saqlanib qolgan. Hoz. M. hududining katta qismida ispan va kreol musiqa madaniyati ta’sirida indeys musiqasi ham uchrab turadi. Qad. cholg’u asboblari — gitara hamda unga o’xshash gitarron va xaranita, skripka, Arfa, truba ko’pdan mashhur. Professional musiqa 16-a.dan ri- vojlana boshladi, 19-a. boshlaridan poy- taxt va yirik shaharlarda italyan kompo- zitorlarining operalari qo’yildi. 1825 y. Mexikoda birinchi musiqa akademiyasi, 1826 y. simfonik orkestr paydo bo’ldi. 1866 y. konservatoriya ochildi. 19-a.ning o’rtalaridan opera janrida ishlaydigan milliy kompozitorlar paydo bo’la bosh- ladi. S. Revu-eltas va Ch. Chaves (20-a. ning 1-yarmi) milliy kompozitorlar maktabining asoschilaridir. Kompozi- torlar L. Sandi, D. Ayala, B. Galindo, R. Alfter, dirijyor L. Errera de la Fuen- te, skripkami g. Shering, pianinochilar K. Baraxas va M. T. Kastrilon, gitara- chi A. Bribeska, ashulachilar X. Araya, E. Kasanovas etakchi musiqa arboblaridir. Mexikoda Milliy simfonik orkestr, Un-t simfonik orkestri, Milliy opera, un-t huzurida oliy musiqa maktabi ish- laydi. Bir qancha Shtatlarda simfonik orkestrlar bor. Xalq musiqasini ijro etadigan ko’plab vokal-instrumental an — sambllar katta muvaffaqiyat qozongan. M.da balet san’ati ayniqsa rivoj topgan. M. xoreografiya san’ati raqs folklori va indeyslarning qad. raq- slari b-n ispan raqqoslarining an’- analari zaminida paydo bo’lgan. Hoz. sahna raqsi 30-y.larda amerikacha «mo- dern» raqsi ta’sirida tarkib topa bosh- lagan. Folklor b-n «modern» raqsining qo’shilishidan o’ziga xos milliy raqs shakllari paydo bo’ldi. 1966 y.dan Mexi- Koda har yili xalqaro raqs tanlovlari o’tkaziladi. 1947 y.dan Milliy balet, 70-y.lardan M. raqsi akademiyasining zamonaviy balet jamoasi, mustaqil ba- let truppasi va b. ishlab turibdi. M. folklor baleti chet ellarda ham juda mashhur. Teatri. M. teatr san’ati qad. in- deyslarning diniy marosimlari asosi- da vujudga kelgan. Afsonalar asosida diniy, dunyoviy va hajviy tomoshalar ko’rsatilgan. M. 16-a.da evropaliklar tomonidan istilo qilinganidan key- in xalq san’ati quvg’inga uchradi. Ammo cherkovning qarshiligiga qaramay, 1597 y.dan Mexikoda «komediya uyi» teatri ishlay boshladi, 1670 y. birinchi do- imiy «Koliseo» xalq teatri ishga tush- Di, Gvadalaxara (1758), Verakrus (1787) sh.larida ham doimiy teatrlar ochildi. 1923 y. Dramaturglar uyushmasi milliy teatr madaniyatini yaratishda faol ish- tirok etdi. 1946 y. Mexikoda Milliy nafis san’at in-ti, uning huzurida esa aktyorlar va rej.lar tay-yorlaydigan MAK- Tab ochildi. Eng mashhur teatrlari: «Xi- Menes Rueda», «Idalgo», «xoda», «Re- forma», «Insurxentes», bolalar teatri, «Ginol» qo’g’ir-choq teatri va b. Kinosi. 19-a. oxiridan kinoxro- Nika paydo bo’ldi, 1905 y. birinchi badiiy film ko’yildi. 1910 y.da M. mustaqillik kurashi haqidagi «alam hayqirig’i» filmi, qisqa metrajli ko- mediya va melodramalar chiqarildi. 30-y. lardan ovozli kino rivojlana boshladi. S. M. Eyzenshteyn boshchiligida 1931— 32 y.larda M. haqidagi film yaratilishi M. kino arboblari hayotida katta voqea bo’ldi. 20-a. 30-40-y.larida yaratilgan filmlarda M.dagi ijtimoiy nizo- lar, xalq hayoti aks ettirildi. «Mariya Kandelyariya» (1944), «Durdona» (1947), «Rio Eskondido» (1948), «Qishloqi qiz» (1949) kabi badiiy jihatdan yuk- sak kinofilmlar butun dunyoga ma-shhur bo’ldi. M. kino san’atining key-ingi eng yaxshi asarlari: «g’isht teruvchilar» (rej. X. Fone), «janubdagi uy» (rej. S. Olxovich), «pastkash odamlar» (rej. X. Estrada),’ «Xuan Peres Xolote» (rej. A. Burns), «100-meridian» (rej. A. Xo- skovich). M.da yiliga 70 dan ortiq ba- diiy film ishlanadi, 2000 kinoteatr bor, O’zbekiston — M. muiosabatla- ri. Garchi O’zbekiston b-n M. o’rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida hukumatlararo bitim tuzilmagan bo’lsa ham, o’zaro savdo-sotiq aloqalari yo’lga qo’yilgan. O’zR b-n M. o’rtasidagi to- var aylanmasi 1998 y.da 1855,9 ming AQSh dollarini tashkil etdi. «Savdo- iqtisodiy hamkorlik» va «investi- tsiyalarni rag’batlantirish hamda o’zaro himoya qilish» to’g’risida shartnomalar tuzish masalasi ko’rib chiqilayotir.