Melaneziya
Melaneziya — Okeaniyadagi Yi- rik orollar guruxlaridan biri. Tinch oke-Anning Jan.garbiy qismida ekvator- dan Jan.-sharqqa tomon qariyb 5000 km cho’zilgan. Asosiy orollari va orollar guruxlari: yangi Gvineya, Bismark arxi- pelagi, Solomon o.lari, yangi Gebrid, Yangi Kaledoniya, Fiji o.laridan ibo- rat. Umumiy mayd. 1 mln. km2 chamasida. M. orollari materik qoldikdaridan va vulkan otilishi natijasida hosil bo’lgan. Sayoz joylarda marjon riflari bor. Zamini kristalli, metamorfik va cho’kindi jinslardan tuzilgan. Yirik orollarning relefi, asosan, tog’lik, eng baland joyi 5029 m (yangi Gvineya o.dagi Jaya tog’i), sohil kismi pasttekis- lik. M.da vulkan otilishlari va tez-tez zilzila bo’lib turadi. Iklimi ekvatori- al va subekvatorial, Jan. orollarda tro- pik iqlim. O’rtacha oylik t-ra 25-28°. Yillik yog’in tog’larning shamolga ro’para yon bag’irlarida 7000-9000 mm, qolgan joylarida 1000-2000 mm. Dare ko’p. O’simlik dunyosi endemik turlarga boy. Shim.dagi yirik orollar qalin sernam ekvatorial o’rmonlar, Markaziy va Jan. orollar mussonli o’rmonlar va savanna- lar b-n qoplangan. Hayvonot dunyosi Av- straliya zoogeografik oblastiga mansub. Aholisi tropik dehqonchilik, baliq ovlash, marvarid va sadaf qidirish b-n shug’ullanadi. Kokos palma- si, kauchukli o’simliklar, shakarqamish, kakao, kofe plantasiyalari bor. Sholi, makkajo’xori, maniok, yams ekiladi. Chorva boqiladi. Yog’och tayyorlanadi. Ni- kel, kobalt, xrom, marganes rudalari; Fiji, Solomon o.laridan oltin qazib chiqariladi.