Menejment

Menejment (ing. Management — boshqarish, tashkil etish) — Max- sus boshqarish faoliyati; boshqarish to’g’risidagi fan. M.ning holati i.ch. samaradorligiga, texnika va texnolo- giya darajasi hamda ishchi kuchining si- fatiga ta’sir ko’rsatadi. M.fanining maz-muni boshqaruv tizimi va boshqaruv ob’ekti orasidagi o’zaro munosabat bo’lib, uning asosiy vazifasi boshkaruv- ning zamonaviy usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini urganishdan ibo- rat. Boshqaruv — tanlov, qaror Kabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida bar- cha bo’g’inlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlash- dan iborat. M. ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiyhuquqiy, kibernetika va b. fanlar b-n aloqadordir. M. dastavval iqtisodiy nazariya fani b-n yaqindan bog’liq. U iqtisodiy qonunlarni bi- lib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usul- larni qo’llashga, har bir xodimga va jamoaga ta’sir ko’rsatishga asosla- nadi. Bir qancha iqtisodiy fanlar: Makroiqtisodiyot, Mikroiqtisodiyot, sta- tistika, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham M. fani b-n chambarchas bog’liqtsir. O’zbekistonda M.ning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari 14-15-a. lardan Amir Temur davrida shaklla- na boshlagan. Buyuk sarkarda «Temur tuzuklari» asarida davlat, qo’shin va b.ni boshqarish san’ati to’g’risida o’z qarashlarini bayon etib, izohlab bergan. M. fanining nazariy asosini bir necha yuz yillar davomida to’plangan ama- liy tajriba natijalari tashkil etadi, ularni nazariy jihatdan asoslab tur- li xil kontsepsiyalar, nazariy g’oyalar, ish printsiplari va uslublari ishlab chiqilgan. Ammo alohida fan sohasi si- fatida M. 19-a.ga kelib shakllana bosh- ladi. Boshqarish fanining asoschisi — amerikalik muhandis va tadqiqotchi F. Teylor hisoblanadi. Boshqarish ta- moyillarini Teylorning zamondoshi frantsuz olimi Anri Fay-ol ishlab chikdi. Korxonada amalga oshirilayot- gan barcha operasiyalarni u olti guruh (texnika, tijorat, moliya, mol-mulk va shaxslarni qo’riqlash, hisobkitob, ma’- muriy)ga bo’lib, boshqarishni 6-guruhga kiritadi. M. yoki boshqarishning ob’- ekti korxona faoliyati, uning sub’- ekti esa boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning xodimlaridir. M. b-n maxsus tay-yorgarlik ko’rgan, boshqarishning qonunqoidalarini chuqur biladigan malakali mutaxassislar — yollanma boshqaruvchilar — menejer- lar shug’ullanadilar. Ular aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil qiladi. M.ning yuqori (firma strate- giyasini ishlab chiqish), o’rta (i.ch., so- tish, narx belgilash, mehnatni tashkil qilish), quyi (tsex, bo’lim doirasida ishni tashkil qilish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriklari bajarilishi- ni boshqarish) bo’g’inlari bor. Shunga muvofiq holda menejerlar oliy marta- bali, o’rta toifadagi va quyi toifadagi menejerlarga bo’linadi. Ayrim tadqiqotlar M.ni kishilar- dan nafli samaralar olish san’ati, deb hisoblaydilar. Mukammal M.ning xos belgilari: faoliyatga, izlanishga ta- rafdorlik; odsiy tuzilma va kamson- li xodimlar; iste’molchiga yaqinlik; unumdorlikni ta’minlashda insonning hal qiluvchi o’rni; tadbirkorlikni rag’batlantiruvchi mustaqil idora qilish huquqi; asosiy faoliyat turiga birlamchi e’tibor; hammadan ko’ra yaxshiroq tanish bo’lgan sohaga kirishish; erkinlik va kuchli nazoratni birgalikda qo’llash. Firmalarning M. tizimi umumiy M., funktsional M., moliyaviy M., Mar- keting ishi, xodimlar ishini boshqarish, i.ch. M.i., ilmiytexnika ishlarini boshqarish va b.ni o’z ichiga oladi. M. nazariyasi va amaliyoti evolyusi- yasi turli xil qarashlarda o’z ifodasini topdi. Mac, 20-a.ning 50-60 y.larida asosiy e’tibor boshqarishning tashki- liy tuzilishiga qaratilgan bo’lsa, 60— 70-y.larda strategik rejalashtirish- dan strategik boshqarishga o’tish davri bo’ldi. 20-a.ning o’rtalariga kelib M. O’zbekistonda tez sur’atlar b-n rivoj- landi. 1966 y.da O’zR FA kibernetika in-tining tashkil qilinishi, akademik V. K. Qobulov boshchiligida olib boril- gan nazariy, uslubiy, amaliy i.t. ishlari respublikada M. fanining rivojlani- shiga asos bo’ldi. 20-a. oxiri — 21-a. boshlarida M. O’zbekistonda maxsus fan sifatida oliy o’quv yurtlarida o’qitila boshladi, M.ga doir tadqiqotlar yo’lga qo’yildi, dars- liklar yozildi. Ad.G’ulomov S. S, Abdullaev Yo., Me- nejment, T., 2002. Sadir Salimoe, Dilfuza Rahimova.