Merovinglar
Merovinglar (lotincha Merovinqi) -Frank davlatining 1-qirollik sulolasi (751 yil tugagan). Afsonaviy asoschisi — Merovey (sulola nomi shundan). Merovinglar hukmronligi davrida franklarda feudal munosabatlari vujudga kelgan. Merovinglarning asosiy vakillari: Xilderik I (457— 481), sulolaning amaldagi, haqiqiy asoschisi; Xlodvig I (481-511), Xilperik I (561-584, markazi Suasson bo’lgan franklar erining bir qismida hukm surgan); Sigebert I (561-575, Avstraziyada); Xlotar II (584-629, Neystriyada -613 y.gacha); Dagobert I (629-639); Xilderik III (743-751; Pipin lakana tomonidan taxti egallangan). Dagobert I vorislarini «dangasa qirollar» deyishgan, hokimiyat amalda mayordomlar qo’lida bo’lgan.