Mevali o’simliklar
Mevali o’simliklar — meva beradigan yovvoyi va ekib ustiriladi- gan o’simliklar. M.o’.dan meva, rezavor va yong’oqlar olish uchun ekib ustiriladigan madaniy o’simliklar muhim ahami-yatga ega. Ekib ustiriladigan M.o’.ning 32 botanik oilaga mansub 200 ga yaqin turi ma’lum. M.o’. quyidagi asosiy guruhlarga bo’linadi: urug’lilar (urug’li meva da- raxtlari): olma, nok, behi, do’lana, irg’ay, mushmula, chetan va b.; danaklilar (danakli meva daraxtlari): o’rik, shafto- li, gilos, olcha, olxo’ri, tog’olcha, qizil vab.; yong’oqmevalilar (bodom, yong’oq, pe- Kan, lista, leshchina, funduk, kashtan va b.); sub-tropik o’simliklar (anjir, anor, xurmo, avakado, zaytun, apelsin, Feyxoa, limon, mandarin, greypfrut va b.); tropik o’simliklar (banan, ananas, Mango, papayya), rezavor mevalilar (er- tut, qulupnay, malina, maymunjon, smo- Rodina, krijovnik); chirmashib o’suvchi (liana) M.o’. sifatida tok keng tarq- algan. M.o’.ning barchasi — ko’p yillik, ko’pchiligi bargini to’kadi va ayrimla- ri doim yashil (mas, Feyxoa, tsitruslar). M.o’. mo»tadil, subtropik va tropic mintaqalarda (60° shim. kenglikdan 60° Jan. kenglikkacha) ustiriladi. Olma, nok, tsitruslar, banan, Mango, Finikiya xurmo- si eng ko’p ekiladi. O’zbekistonda mevali va rezavor mevali o’simliklarning 70 turi usadi, 20 turi ekiladi. M.o’. mevasi tarkibida qand (fruktoza, saxaroza, glyu- koza), kraxmal, yog’, oqsillar, vitaminlar, mineral moddalar bor. M.o’. oziq-ovqat sifatida pishib etilganidan keyin is- te’mol qilinadi. Ad.: Ribakov A. A., Ostrouxova S. A., O’zbekiston mevachiligi, T., 1967; pomo- logiya Uzbekistana, T., 1987.