Mif

Mif (Yun. mithos — afsona, rivoyat, asotir) — qad. odamning borliq olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlari maj-mui bo’lib, koinotning yaratilishi, in- son, o’simliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo bo’lishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, ma’budlar va ilohlar to’g’risidagi e’tiqodiy qarashlarni o’z ichiga olgan. M. qad. odamning voqelikka bo’lgan ongsiz hissiy munosabati ifo- dasi bo’lib, tabiat va jamiyat hayotining turli qirralari mohiyatini tushuntiruv- chi eng qad. tasav-vurlar silsilasidir. Mifologik tasavvurlar muayyan voqelik mohiyatini xayoliy uydirma vositasida izoxlasada, M. yaratilgan va ommalashgan joyida o’z ijodkori va ijrochilari to- monidan haqiqatda bo’lib o’tgan voqealar bayoni sifatida qabul qilingan. Qad. odamning olam haqidagi tasav- vurlarini o’zida ifodalagan va avlod- dan avlodga etkazishga mo’ljallangan M.larning ommalashish usullari ham turlicha bo’lib, asosan, jonli og’zaki ijro orqali, ya’ni so’z vositasida hikoya qilib berilgan. Mifologik tasavvurlar tizimi ibtidoiy udum va marosimlarning mag’zini tashkil etuvchi ramziy xatti- harakatlardan iborat ritual o’yinlar sifatida xam namoyish qilingan. Qad. tasavvurlar asosida yaratilgan osori atiqalar hamda xalq hunarmandchiligi buyumlaridagi ramziy chizgilarda ham mifik syujetlar aks ettirilgan. M.lar quyidagi turlarga bo’linadi: 1) ibtido haqidagi M.lar (olamning yara- tilishi va erda hayotning paydo bo’lishi to’g’risidagi M.lar); 2) samoviy M.lar (OS- mon jismlari va tabiat hodisalarining paydo bo’lishi haqidagi M.lar); 3) an- tropogenik M.lar (g’ayrioddiy xislat- ga ega bo’lgan afsonaviy pahlavonlar, mas, Gerakl, Gilgamesh, odami Od, Hubbi va b. haqidagi M.lar); 4) sig’inish M.lari (muayyan e’tiqodiy ishonchlar b-n bog’liq, mas, xreildorlik, suv, o’simlik, olovga sig’inish haqidagi M.lar); 5) et- nogenetik M.lar (urug’qabilalarning kelib chiqishi b-n aloqador M.lar; mas, 92 o’zbek urug’larining paydo bo’lishi haqidagi M.); 6) kalendar M.lar (yil, oy, kun hisobi b-n bog’liq M.lar, mas, ayamajuz, AhmanDahman, chilla, to’qson hisobi b-n bog’liq M.lar); 7) esxatologik M.lar (olamning in-tihosi haqidagi, mas, oxirzamon to’g’risidagi M.). Ezgulik kuchlarining zulmatni o’ziga makon qilgan yovuzlikka qarshi kurashini o’zida aks ettirgan qad. M.lar badiiy ta- fakkurning shakllanishida muhim rol o’ynagan. Voqelikni estetik kategoriya sifatida idrok etish hamda badiiy so’z vositasida talqin qilish an’anasi ke- lib chiqqach, qadimgi M. larning asosiy qismi so’z san’-atining turli janrla- riga singib ketgan. O’zbek xalq og’zaki badiiy ijodiyotidagi ko’plab epik Syu- Jet va an’anaviy motivlarning genetic ildizlari bevosita mifik tasavvurlar qatlamiga borib taqaladi. M.lar «Ave- sto», «Iliada», «Ramayana», «Shoh-noma», «Kalevala», «Alpomish», «Go’ro’g’li» kabi adabiy yodgorliklarning yaratili- shida ham salmokdi o’rin tutgan. Ad.: Meletinskiy E. M., Poetika mifa, M., 1976; Stebl i n — Kamenski y M. I., Mif, L., 1976; mifi narodov mira. V dvux tomax, M., 1991; Jo’raev M., Shomusarov Sh., O’zbek mifologiyasi va Arab folklori, T., 2001. Mamatqul Jo’raev.