Mirzacho’l tumani

Mirzacho’l tumani — Jizzax viloyatidagi tuman. 1967 y. 9 yanv.da tash- kil etilgan. Shim.dan Qozog’iston, shim.- sharqdan Sirdaryo viloyati, Jan. dan jiz- zax viloyatining Do’stlik, g’arbdan fo- rish, Arnasoy tumanlari b-n chegaradosh. Mayd. 0,42 ming km2. Aholisi 49 ming kishi (2002). M.t.da 1 shahar (Gagarin),7 qishloq fuqarolari yig’ini (bog’bon, Ipakyo’li, Mirzadala, Paxtazor, Tosh- kent, Yangidala, O’zbekiston) bor. Marka- zi Gagarin sh. Tabiati. M.t. relefi pastgekis- likdan iborat. Iklimi keskin Konti- nental, quruq, qishda sovuq, yozi issiq. O’rtacha t-ra yanv.da -1,5°, iyulda 30°; minimal t-ra -30° (yanv.da), maksimal t-ra 42° (iyulda). Vegetasiya davri 224 kun. Yiliga o’rtacha 240 mm yog’in yog’adi. Tuprog’i och bo’z va sho’rxok tuproq. Yov- voyi o’simliklardan qo’ng’ir-bosh, shuvoq, yantoq, sho’ra, rang, Iloq, qiyoq, qamish, ituzum, qushqo’nmas, shamak, yulg’un, yov- voyi jiyda, terak, tol va b. o’sadi. Yov- voyi hayvonlardan quyon, tuvaloq, tulki, chiyabo’ri; kemiruvchilardan kalamush, yumronqoziq, dala sichqoni; sudraluv- chilardan toshbaqa, ilon, kaltakesak, qushlardan cho’l bur-Guti, yovvoyi o’rdak bor. Xo’jaligi. Tuman xo’jaligi, aso- san, q.x.ga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa, qurilish korxona- lari faoliyat ko’rsatadi. Paxtachilik, g’allachilik, bog’dorchilik, chorvachilik b-n shug’ullaniladi. Tumanda kichik, Xu- susiy korxonalar mavjud. M.t.ning jami ekin mayd. 28,2 ming ga, shundan 13,8 ming ga paxta, 11 ming ga boshoqli don, 1,2 ming ga dukkakli ekinlar, 321 ga may- donga poliz ekinlari ekiladi. Dehqon- fermer, jamoa, bo’rdoqichilik hamda 9 shirkat xo’jaligi bor. Tuman hududidan magistral t.y. o’tgan. Sirdaryo — Jizzax, Qozog’istonning Ettisoy tumani — Pax- takor, Guliston — Gagarin avtomobil yo’llari mavjud. Tuman shirkat va shax- siy xo’jaliklarida qoramol, qo’y va echki, parranda boqiladi. M.t.da avtokorxona, paxta tozalash z-Di, ijara korxonasi, aktsiyadorlik jamiyatlar, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor. 18 umumiy ta’lim maktabi (4200 ga yaqin o’quvchi), lisey, kollej, 11 klub, 11 ku- tubxona, 4 madaniyat va istirohat bog’i, 7 stadion, yodgorlik monumentlari mav- jud. 4 kasalxona, 3 nodavlat tibbiy mu- assasa, 5 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 2 feldsher-akusherlik punkti, 10 dori- xona faoliyat ko’rsatmoqda. 1968 y.dan «Mirzacho’l ovozi» (avval- gi «Do’stlik») gaz. chiqariladi.