Mirzaev Boborahim

Ma’nosi

Mirzaev Boborahim (1907 — Marg’ilon — 1957) — xonanda (bari- ton), O’zbekiston xalq artista (1942). Moskva o’zbek opera studiyasida o’qigan (1936). O’zbek davlat kontsert-etnografik ansamblida (1926-29), O’zbek davlat musiqali teatrida (1929-39), Navoiy teatrida (1939-49), O’zbek davlat Fi- larmoniyasida (1949-55) yakkaxon xonan- da. Dardli, hishayajonlarga boy ovozi b-n tanilgan. So’z va ohang ravonligi, nola va krchirimlardan mo-xirona foy- dalanish M. uslubiga xosdir. Musiqali dramalarda Asqar («Arshin mol olon»), Ne’mat («Halima»), Farhod («Farhod va Shirin»), qodir («Gulsara») kabi rol- larni, operalarda er Targ’in, (E. Brusi- lovskiy, «er Targ’in»), Hasanxon (A. Ma- gomaev, «Nargiz»), Eskamilo (J. Bize, «Karmen») kabi partiyalarni ijro etgan. M. repertuaridan o’zbek mumtoz ashula yo’llari («Tanavor», «Dugoh», «Chorgoh II, III, IV», «baet II» va b.) hamda xalq qushiqlari o’rin olgan.

O‘xshash so‘zlar

M harfi: barcha so‘zlar