Muhammadjonov Shomahmud Shohodievich

Muhammadjonov Shomahmud Shohodievich (1954.27.4, Toshkent) — miniatyurachi rassom, kitobat san’ati ustasi. O’zbekiston Baakad. (1997). Uz- bekiston xalq rassomi (2001). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1974). Uzbekiston FA Sharqshunoslik inutida rassom. 1970-y. larda Alisher Navoiy nomidagi adabi- yot muzeyida prof. Ch.Ahmarov va H. Su- laymonlardan rassomlik va miniatyura san’atini o’rgandi. Sharqmini-atyurasi va kitobat san’ati sohasida chuqur iz- lanishlari natijasida qad. qog’oz tay- yorlash usuli va sahifa bezagining abri bahor turini qayta tikladi, miniatyura sohasida samarali ijod qilmoqda. O’rta asr Sharq miniatyurasiga oid chuqur bi- lim va akademik dastgohli rangtasvir malakalari M.ning o’ziga xos badiiy uslubining shakllanishini ta’min- ladi: qiyofa, vazi-yat, imo-ishoralar, ranglarning ramziy ma’nolari orqali qahramonlarining ruhiy holatini aks ettiradi, miniatyura san’atining an’a- naviy tizimiga zamonaviy muallifning o’ziga xos badiiy tafakkurini ham Sing- diradi. A.Qodiriyning «Mehrobdan chayon» asariga rasmlar (1974, Toshkent- dagi adabiyot muzeyida), Sharqadabiyoti (Firdavsiy, Nizomiy va b. asarlari) mavzuida lokli miniatyura namunalari- ni yaratdi (1983-84, amaliy san’at mu- zeyida). Kitobat san’ati usulida «na- voiy lirikasi» to’plami (1983, Yaponi- yada), «Kalila va Dimna» asari boblari bo’yicha 2 ta (1985, 1991; Metropoliten muzeyida), M. Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asari (1985, Uzbekiston tarixi muzeyida), «Temur tu-zuklari» (1991) qo’lyozma nusxalarini tayyorladi. «Ipak yo’li hikoyalari» asarlar turkumi (1999) va b. asarlari mashhur. M. asarlari respublika va chet mamla- katlardagi (jumladan, Eron, 1998, 2000; Turkiya, 1999) ko’rgazmalarda namoyish etilgan. Hamza nomidagi Uzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). «Shux- rat» medali b-n mukofotlangan (1996).