Modallik

Modallik (lot. modalis — o’lchov, usul) — fikrning voqelikka bo’lgan munosabatlarining turli xil ko’rinishlarini, shuningdek, bildi- rilayotgan narsalarning sub’ektiv tarzda tasniflanishining turlicha ko’rinishlarini ifodalovchi funktsio- nal-semantik kategoriya. «M.»tushun- chasini fanga Aristotel olib kir — gan. «M.»termini ma’naviy hajmi, grammatik xususiyatlari hamda til qurilishining turli sathlarida shak- llanganligi darajasiga ko’ra xilma- xil bo’lgan hodisalarni ifodalash uchun qo’llanadi. M. shaxs va zamon ma’nolari b-n birgalikda predikativlik katego- riyasini hosil qiladi. M. ob’ektiv va sub’ektiv bo’lishi mumkin. Ob’ektiv M. bildirilayotgan fikrning voqelikka munosabati (Real va noreal, imkoniyat va imkonsizlik, zaruriyat va ehtimollik kabi)ni anglatadi hamda grammatik va leksik vositalar (mayl, modal so’z, yukla- ma, intonasiya) yordamida ifodalanadi. Sub’ektiv M. esa so’zlovchining aytila- yotgan fikr (ishonch yoki ishonchsizlik, ro- zilik yoki norozilik, eks-pressiv baho) ga munosabatini ko’rsatadi va so’z tarti- bi, intonasiya, leksik takror, modal so’z, yuklama, undov, kirish so’z, so’z birikma- si va kirish gaplar b-n ifodalanadi. Aristotelning shogird va sharhlovchilari Teofrast, Evdem Rodos- skiy va b. M.ka ko’ra hukmlar orasida- gi tafo-vutlarni o’rganganlar. Bugun- gi mantiq va falsafada hukmlarning I. Kant taklif etgan tasnifi keng qo’llanadi. Mazkur tasnifga bino- an, qukmlar as-sertorik (voqelik muhokamasi), apodiktik (zaruriyat muhokamasi) va mu-ammoli (imkoniyat muhokamasi) turlarga bo’linadi. M. as- liy (mutlaq) va nisbiy (shartli) bo’lishi mumkin. «Rost» va «yolg’on», «isbotli» va «isbotsiz» yoki «inkor etiladigan» hukmlar ham mantiq va mantiqiy Seman- tika fanlarida M. doirasiga kiritila- Di. Ibodulla Mirzaev.