Mojayskiy Aleksandr Fyodorovich

Mojayskiy Aleksandr Fyodorovich (1825, Finlyandiya — 1890, Peterburg) — uchish apparatlari yaratish sohasidagi tadqiqotchi va ixtirochi. Peterburg (Ros- siya) dagi dengiz kadet korpusini tugat- gan (1841), xarbiydengiz flotida xizmat qilgan (1841-62, 1879— 82). General- mayor unvonida iste’foga chiqqan (1882, 1886 y.dan kontr-admiral). M. havodan og’ir uchish apparati (samolyot) yaratish borasida nazariy va amaliy ishlar b-n shug’ullangan, 1876 y. o’z modellarining uchishini namoy-ish qilgan. O’zi yasagan samolyot («havoda uchuvchi snaryad») ga Pa- tent olgan (1881). Samolyotga ikki (biri 20 o.k.ga, ikkinchisi 10 o. k.ga ega bo’lgan) bug’mashinasi o’rnatgan. M. samolyotida hoz. samolyotlarning besh asosiy qismi: tana (korpus), qanot, kuch qurilmasi (DVI- gateli), quyruq qanot va shassi bo’lgan. Samolyotning uchganligi to’g’risida ras- miy hujjatlar saqlanmagan.