Modifikatorlar

Modifikatorlar (lot. Modify co -o’lchayman, o’lchovni aniqlayman) — suyuqlantirilgan metallar (qotishmalar)ga modifikasiyalash pay- tida qo’shiladigan moddalar. Metal- lar (qotishmalar)da qo’shimcha Kristal- lizasiya markazlari hosil qiluvchi, oquvchanlikka ta’sir etuvchi va zarra- larning o’sishiga to’sqinlik qiluvchi (ingibitorlar) M. mavjud. Po’lat va cho’yanlarning M. i sifatida magnit, li- tiy, kremniy, siyrak-er elementlari va qotishmalari, ferro-bor, ferroseriy, ferrovanadiy va ba’zi kimyoviy birik- malar (mas, tseriy oksidi, vanadiy ni- tridi) qo’llanadi. Cho’yanga qo’shiladigan M. grafitlovchi (mas, silikokaltsiy, kremniymarganes-tsirkoniy ligaturasi) grafitlashga imkon beruvchi, stabil- lashtiruvchi (xrom ligaturasi), marga- nes-kremniy, ferroxromkremniy va b.), unga to’sqinlik qiluvchi va kompleks M.ga bo’linadi. Magniy qotishmalari va mis qotishmalari uchun tsirkoniy, titan, vanadiy va bor aralashmasi, alyuminiy krtishmalari uchun titan, bor, niobiy, siyrak-er elementlari va tsirkoniy qo’llanadi. M. metallurgiya z-dlarida kovshga yoki pechdan quyilayotgan metal oqimiga, shuningdek, to’g’ridan-to’g’ri me- Tall quyish qoliplariga solinadi.