Modifikasiyalar

Modifikasiyalar (lot modifi — catio, modus — o’lchov, ko’rinish va facio qilish) — tashqi muhit omillari ta’- sirida bir xil genotipga ega bo’lgan organizmlar o’rtasida vujudga keladi- gan fenotipik farklar. Mas, Xitoy Navro’zguli (Primula sinensis)ning gul- lari nisbatan past haroratda parvarish qilinganda qizil, 30° va undan yuqori haroratda o’stirilganda oq bo’ladi. Uning gullari shakllanayotgan davrda haroratni boshqarish orqali qizil, och qizil va oq gulli o’simliklarni etishti- rish mumkin. Odatda, M. keyingi avlod- larga berilmaydi, ammo davomli M.da fenotipik o’zgarishlar tashqi omillar ta’siri to’xtaganidan keyin ham bir necha avlod davomida saqlanib, asta-se- kin yo’qolib boradi. Bunday M. mexa- nizmi hozirgacha aniqlanmagan, ularning namoyon bo’lishi, tsitoplazmatik tuzil- malarning o’zgarishi b-n bogliqligi taxmin qilinadi. M. fenotipning Ge- notip b-n tashqi sharoitning o’zaro ta’- siri tufayli namoyon bo’lishi, tashqi sharoitning o’zgarishi genotipga daxl- siz bo’lmasdan fenotipning o’zgarishiga olib kelishi b-n bogliq. M.ning evolyu- tsiyadagi ahamiyati organizmning ontoge- nez davomida o’zgaradigan tashqi muhit omillariga moslanishini ta’min etish- dan iborat. Morfozlar va fenoko-piyalar M.ning xususiy holatlari hisoblanadi (yana q. Mutasiya).