Moddiy va ma’naviy madaniyat

Madaniyat tushunchasi keng va tor ma’nolarga ega. Keng ma’nodagi madaniyat tushunchasi o‘ziga butun inson amaliy faoliyati natijasida bunyod etilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni qamrab oladi. Madaniyat bu insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi jarayonida, ya’ni tabiat va jamiyatni o‘zgartirishga qaratilgan mehnat faoliyati jarayonida vujudga keltirilgan barcha boyliklar m ajm uyidan iboratdir.

Tor ma’nodagi madaniyat tushunchasi insoniyat ma’naviy hayoti sohasini qamrab oluvchi barcha sohalarga nisbatan ishlatiladi.

Madaniyat, birinchidan, insonning biologik va ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi iste’mol vositalari shaklida, ikkinchidan, ishlab chiqarish faoliyati mahsuli sifatida olib qaraladi va ikkiga: moddiy hamda ma’naviy madaniyat kabi turga ajratiladi.

Moddiy madaniyat — bu, eng avvalo. mehnat qurollari, transport, aloqa vositalari, uy-joylar, kiyim-kechaklar, oziq-ovqatlar, har xil buyumlar, xullas, insoniyatning moddiy ehtiyojlarini qondiruvchi barcha narsalar hamda kishilaming ishlab chiqarish tajribalari, ko‘nikmalari va mahoratlaridir. Ma’naviy madaniyat esa kishilarning bilimlari, tajribalari, urf-odatlari, xulq-atvorlari, fan, adabiyot, san’at, falsafa, axloq, huquq, ilmiy dunyoqarash, diniy e’tiqodlari, ta’lim-tarbiya, matbuot, xullas, insoniyatning ma’naviy ehtiyojlarini qondiruvchi barcha ma’naviy boyliklardir.

Madaniyat o‘z taraqqiyoti jarayonida ayrim tarmoqlarga ham bo‘linib boradi. Masalan, ma’naviy madaniyat, badiiy madaniyat, estetik madaniyat, axloqiy madaniyat, kiyinish madaniyati, muomala madaniyati va boshqalarga bo’linsa, moddiy madaniyat texnika madaniyati, dehqonchilik madaniyati, qurilish madaniyati, turmush madaniyati kabi tarmoqlarga ajraladi. O‘z navbatida, bu tarmoqlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bolgan turli-tuman tushuncha va xatti-harakatlarni qamrab oladi. Masalan, turmush madaniyati uy-joy qurilishidagi ko‘rkamlik, kiyim -kechak, poyafzal, oshxona, uy jihozlari, ozodalik, pazandalik, oila va jam iyatda maishiy xizmat va dam olishni tashkil etishni qamrab olishini tushunamiz.

Madaniyat dunyoni o’zlashtirish jarayonidir. Inson dunyoni o’zlashtira borib, o ‘zining ijodiy kuch-quw ati va qobiliyatini namoyon eta boradi, o ‘zi yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarda o‘z mohiyatini moddiylashtiradi.

Moddiy va ma’naviy madaniyatlarni bir-biridan ajralgan, alohida holda tasavvur qilish mumkin emas. Aslida, moddiy madaniyat ham, ma’naviy madaniyat ham insoniy faoliyat natijasidir. Lekin har qanday insoniy faoliyat ma’naviy boylik bo‘la olmaydi. Shu sababdan ham madaniyat moddiy va ma’naviy madaniyatlarga bo’linadi.

Moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish yagona ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni hisoblanib, bu jarayonda moddiy ishlab chiqarish belgilovchi roi o’ynaydi. Chunki moddiy ne’matlar ishlab chiqarish muayyan jamiyatning barcha tomonlarini, shu jumladan, ma’naviy ishlab chiqarish jarayonini ham belgilab beradi. Aslida ma’naviy ishlab chiqarish — bu ijtimoiy ong shakllarini tashkil etuvchi davlat, oila, mafkura, huquq, axloq, fan, san’at, diniy e’tiqodlar va boshqalarni ishlab chiqarishdir.

Moddiy madaniyat. Moddiy boyliklarni yaratishda kishilar ishlab chiqarish vositalari. eng avvalo, mehnat qurollaridan foydalanadilar. Har bir davr moddiy madaniyatining taraqqiyotini o’sha davrda foydalanilgan ishlab chiqarish vositalariga qarab aniqlash mumkin. Masalan, faqat qo‘l mehnatidan foydalanilgan davr moddiy madaniyati, undan ko’ra avtomatlashgan davr va so‘ngra, kompyuterlardan foydalaniladigan hozirgi zamon moddiy madaniyati avvalgi davrlar moddiy-texnika taraqqiyotidan ancha yuqori ekanligini ko‘rsatadi.

Insoniyat ilmiy tafakkuri taraqqiyotining turli davrlariga e’tibor bersak, X-IX asrgacha madaniyat tushunchasi faqat ma’naviy madaniyatga nisbatan ishlatilib kelinganligini ko‘ramiz. Asosiy e’tibor moddiy boyliklarni yaratuvchi inson, uning diniy e’tiqodlari, axloqiy hatti-harakatlari, ilm olishga intilishi, ijodkorlik salohiyatiga qaratilgan. Ishlab chiqarish jarayoni, ya’ni tabiatga ta’sir ko‘rsatib, moddiy boyliklar islilab chiqarish diqqat-e’tibordan chetda qolgan. Go‘yo ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishi tabiiydek ko‘ringan. Bu esa nafaqat insonning moddiy-madaniy boyliklami yaratishdagi o‘rnini, balki jamiyatning moddiy hayotini o’rganishni ham e’tibordan chetda qoldirdi.

Asosan XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab kishilarning moddiy boyliklami ishlab chiqarish jarayonidagi o‘rni, undan oladigan ulushi, asosiy ishlab chiqaruvchi kuch sifatidagi qadr-qimmati, huquqlari. burch va majburiyatlari, m oddiy manfaatdorligi, farovon hayot kechirishi masalasi, moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonida zarur bo’lgan tajriba, malaka va ko‘nikmalarga alohida e’tibor berila boshlandi.

Kishilarning moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayoni moddiy madaniyatning ko’plab tarmoqlari vujudga kelishiga olib keldi. Odamlaming tabiatga ongli ta’sir ko‘rsatishi dastlab dehqonchilik madaniyatini vujudga keltirdi. Agrar sug‘orma dehqonchilikni rivojlantirish jarayonida kishilar yerga ishlov berish madaniyatini egalladilar. Hunarmandchilikning taraqqiy etishi esa turli xil kasbiy madaniyatlarning shakllanishiga, ishlab chiqarishga texnikaning kirib kelishi ishlab chiqarish texnika madaniyati kabi moddiy madaniyatning turli sohalarining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Kishilar turmush shart-sharoitlarining yaxshilana borishi o’zida ham moddiy, ham ma’naviy madaniyatni birlashtiruvchi turm ush madaniyatining vujudga kelishiga olib keldi.

Hozirgi paytda zamonaviy texnika yutuqlari jamiyat moddiy m adaniyatining asosini belgilab beruvchi kuchga aylandi.

Moddiy madaniyatning tarkibiy tuzilishiga nazar tashlasak, u uch xil unsurdan: ishlab chiqarish vositalari, iste’mol vositalari va yaratuvchanlik faoliyati kabi unsurlardan tashkil topganligini ko‘ramiz.

Ishlab chiqarish vositalari tarkibiga mehnat qurollari va ular bilan ta’sir ko‘rsatiladigan mehnat manbayi, transport va aloqa vositalari, ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan turli xil sun’iy inshootlar kiradi.

Uy-joy, kiyim-kechak, oziq -ovqat, uy -ro‘zg‘or buyumlari iste’mol vositalarining tarkibiga kiradi. Ishlab chiqarish va iste’mol vositalarining qay tarzda shakllanganligiga qarab muayyan xalq, elat yoki millatning umum madaniy taraqqiyotiga baho berish mumkin. Masalan, birgina iste’mol vositalarini o’rganish xalqning ehtiyojlari ko’lami qay darajadaligini ko‘rsatadi, chunki ehtiyojlarning keng ko’lamliligi moddiy- madaniy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.

Moddiy madaniyatning uchinchi unsuri moddiy boyliklarni yaratish, rivojlantirish, boyitish va ulardan foydalanish kabilarni o’z ichiga oladi. Yaratuvchanlik faoliyati jarayonida kishilarning bilimlari, malakalari, ko‘nikma, ijodiy salohiyati va kasbiy tajribalari ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga ko’chadi va moddiylashadi.

Xulosa qilib aytganda, jamiyatning moddiy madaniyati, moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalari va ularning natijalarini o ‘z ichiga oladi. Moddiy madaniyat kishilarning moddiy ehtiyojlarini qondirish, yuqori darajadagi farovonlikni ta’minlaydigan shart-sharoitlarini yaratish jarayonidir.

Ma’naviy madaniyat. Ma’naviy madaniyat bu ma’naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy ong shakllarini vujudga keltirish sohalaridir.

Ma’naviy madaniyat haqida fikr yuritishdan avval, uning jamiyat ma’naviy hayoti tushunchasidan farqini aniqlab olish zarur. Jamiyatning ma’naviy hayoti tushunchasi kishilar, jamoa, elat, millat, sinflar hayoti ma’naviy jarayonlarini xarakterlovchi umumiy tushuncha hisoblanadi. Bizningcha, ma’naviy madaniyat muayyan jamiyatning mafkura sohasi, ijtimoiy psixologiya, axloq, san’at, diniy e’tiqodlar kabi tomonlarini tashkil etadi. Ma’naviy madaniyat tushunchasi tarixiy jihatdan yo‘lga qo‘yilgan ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol (foydalanish) jarayonlarini ham qamrab oladi. Ma’naviy madaniyat ijtimoiy ong shakllarining u yoki bu yig‘indisi emas, balki muayyan g‘oyalar, qarashlar, tasavvurlar, tushunchalar va boshqalarni vujudga keltiruvchi ijodiy faoliyatdir. Hozirgi zamon madaniyatshunoslaridan V .M .M ejuyev, S.N .Artanovskiy, A .I.Arnoldov, E .A .B aller, E .V .Sokolov, M .Xayrullayev, S .Shermuhamedov, U.Qoraboyev, A .Erkayev, K.Xonnazarov, A .Eshonqulov, M .Abduliayev va boshqalar ko‘rsatib o ‘tishganidek, ma’naviy madaniyat bu — ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish, unga mos bo’lgan munosabatlam i birlashtiruvchi kishilar hayotiy faoliyatining ijodiy mazmunidir.

Shuningdek, ma’naviy ishlab chiqarish kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni ham, ijtimoiy ong shaklini shakllantirishga yordam beruvchi turli xil vositalar, muassasalar, tashkilotlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi.

Ma’naviy ishlab chiqarish o‘ziga insoniy his-tuyg‘ularni, sezgi va idrokni, m antiqiy va badiiy tafakkurni, estetik kechinmalar, ideal tushuncha va orzu-havaslarni, nazariyalar va qarashlarni, mulohaza va boshqalarni birlashtiruvchi insoniy faoliyat hamdir.

Turli xil tasavvurlar, g‘oyalar, nazariyalar, ta’limotlar, ilmiy bilimlar, san’at asarlari, axloqiy va huquqiy me’yorlar, falsafiy va siyosiy qarashlar, mifologiya va din ma’naviy madaniyatning asosiy unsurlari hisoblanadi.

Ma’naviy madaniyatning ayrim elementlar (tarkibiy qismlar)i muayyan norm ativ (me’yoriy) vazifani bajaradi. Masalan, siyosiy, huquqiy, axloqiy qarashlar, shuningdek, ma’naviy qadriyatlar hisoblanuvchi urf-odatlar, marosimlar, rasm -rusum va udumlar kishilarda muayyan me’yoriy xatti-harakatlarga amal qilishni talab qiladi. Ma’naviy qadriyatlar o’zida ko‘proq axloqiy me’yorlami birlashtirib, kishilarning axloqiy xatti-harakatlarini nazorat ostiga oladi.

Moddiy va ma’naviy madaniyatlarning o ‘zaro bog‘liqligi va farqli jihatlari. Moddiy va ma’naviy madaniyatlaming o’zaro bog‘liqligi kishilarning ehtiyojlari, qobiliyatlari, maqsadlarining moddiy ko‘rinishga aylanishida yaqqol ko ‘zga tashlanadi. Masalan, madaniy qadriyatlarda ehtiyojlar, qobiliyatlar, maqsadlar ham ma’naviy ko‘rinishda, ham moddiy ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Yoki xalqimiz tarixiga oid muzeyga qo‘yilgan eksponatlarni tomosha qilar ekanmiz, ularda o’tmish ajdodlarimizning didlari, dunyoqarashlari, intilishlari va orzu — umidlari, tabiatga bo‘lgan m unosabatlari, ijodiy imkoniyatlari, qobiliyatlari, ya’ni ma’naviy dunyosining qay darajada shakllanganligini anglab yetamiz. Shuningdek, kiyimlarimiz, turli xil binolar, oziq-ovqatlar, transport vositalari, turfa uy-ro‘zg‘or buyumlarimiz va boshqalar aslida moddiy-madaniy boyliklar hisoblansa-da, ularda kishilaming dunyoqarashi, didi, orzu-umid va his-tuyg‘ulari, intilishlariyu ruhiy holatlari, bilimlariyu tajribalari o‘z ifodasini topgan.

Biz yashab turgan dunyoda moddiy va ma’naviy madaniyatning unsurlari bir butunlik va o’zaro ta’sir doirasida mavjud bo’ladi. Masalan, moddiy va madaniy boyliklarni yaratishda mehnat qurollari: ish qurollari, texnika, texnologiya, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqalar moddiy madaniyatdagi; so‘z. xatti-harakat, bo‘yoq, loyiha, qog’oz, yozuv qurollari va boshqalar ma’naviy madaniyatdagi asosiy mehnat qurollari hisoblanadi.

Moddiy boyliklar: kiyim-kechak. turaijoy, oziq-ovqat, transport va aloqa vositalari, yordamchi inshootlar; ma’naviy boyliklar: me’moriy yodgorliklar, musiqa, kino, haykaltaroshlik, teatr tomoshalari, adabiy va ilmiy asarlar, matbuot va televideniye faoliyati va boshqalarni yaratish mehnat jarayonisiz vujudga kelmaydi. Mehnat mahsulotlarining yaratilishi qachonki ma’naviy-madaniy boyliklar o’zlarining yaratuvchilari tomonidan idrok etilgan taqdirdagina moddiy-madaniy boyliklarga aylanadi, moddiylashadi.

Moddiy va ma’naviy madaniyatlar nafaqat o’zaro bir-biri bilan bog’liq holda mavjud bo’ladi, balki ularni bir-biridan ajratib turuvchi farqli jihatlar ham ko‘zga tashlanib turadi. Bu farq, birinchidan, ma’naviy madaniyatning ikki shaklda — predmetlar va faoliyatning mahsuli sifatida mavjud bo’lishida ko‘zga tashlanadi. Kitoblar, tasviriy va haykaltaroshlik san’ati asarlari, me’moriy yodgorliklar, kinofllmlar, televideniye va boshqalar ma’naviy madaniyatning moddiy, ya’ni predmet shaklidagi kolrinishlaridir. Sozanda, xonanda, raqqos, aktyor, suxandon. pedagoglarning va targ’ibotchilarning ijro hamda mahoratlari faoliyatning mahsullari hisoblanadi.

Moddiy madaniy boyliklar vaqt o’tishi bilan eskiradi, vayron bo’ladi, buziladi, xizmat vazifasini o’tab, nom-nishonsiz yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Ma’naviy madaniy boyliklar esa asrlar o’tsa-da, keyingi avlodlar ongi va ko‘z o‘ngida milliy qadriyatlar shaklida saqlanib qoladi. Ulardagi asosiy mazmun, g‘oyalar, tamoyillar. me’yorlar avlodlardan avlodlarga o‘tadi, abadiy yashab qoladi. Ular har bir tarixiy-madaniy jarayonda ijtimoiy taraqqiyotga yordam beradi.

Moddiy va ma’naviy madaniyatlar o‘rtasidagi ikkinchi farqli jihat insonning moddiy ehtiyojlari — oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqalarga bo‘lgan ehtiyojlari ma’lum darajada cheklangan boladi. Ma’naviy ehtiyojlari, ya’ni bilim olish, san’at asarlarini tomosha qilish yoki tinglashi, fan sohalarini o‘rganishi, kishilar bilan m uloqotda bo‘lishi, urf-odatlar, marosimlami tashkil etishi yoki undagi ishtiroki hamda aqliy faoliyatning boshqa turlariga ehtiyoji doimo va to’xtovsiz ravishda oshib boradi.

Uchinchidan, moddiy va ma’naviy madaniyat o‘rtasidagi farqlardan yana biri shuki, moddiy qadriyatlar (moddiy madaniyat) ko‘proq iste’molga mo‘ljallangan bo‘lsa, ma’navjy qadriyatlar (ma’naviy madaniyat) inson shaxsini shakllantinshga, uni kamol toptirishga xizmat qiladi.

To‘rtinchidan, moddiy madaniyatning turli elementlari aniq ehtiyojlarni qondirishga mo’ljallangan bo‘ladi. Masalan, mehnat qurollari faqat ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishga, oziq-ovqat faqat tirik organizmning moddalar almashinuvi ehtiyojini qondirishga, kiyim -kechaklar tabiat hodisalari ta’siridan saqlanishga xizmat qiladi. Shuningdek, transport va aloqa vositalarining, uy-ro‘zg‘or buyumlarining ham aniq bir vazifalari mavjud. Ma’naviy madaniyatning har bir unsuri ko’p qirrali xususiyatga ega bo‘ladi, ya’ni o‘zida boshqa elementlar (tarkibiy qismlar)ning vazifalarini birlashtiradi. Masalan, san’atni olib qarasak, u nafaqat badiiy estetik, balki siyosiy, axloqiy, mafkuraviy, diniy mazm unga ham ega bo‘ladi. Yoki huquq o‘zida axloqiy, siyosiy, mafkuraviy va hatto, diniy mazmun-mohiyatni birlashtiradi. Ma’naviy qadriyatlarda ham siyosiy, mafkuraviy, huquqiy, axloqiy, falsafiy, estetik, diniy mazmun birlashib keladi.