Modulyasiya

Modulyasiya (lot. modulatio — bir tekislilik) — 1) fizika va radiotexni- kada — biror o’zgarmas fizik jarayonni ifodalovchi kattalikning muayyan qonun bo’yicha o’zgarishi. M. tashqi ta’sir yorda- mida amalga oshiriladi. Elektronikada ko’pgina elektron as- boblarning ishi elektron oqimlarini M.lashga asoslangan. Mas, kines-ko- plarda ekranga uzatiluvchi televizion shakllarni hosil qiluvchi elektron nuri intensivligi M.lanadi. Kli-stronlar- da elektron oqimining tezligi bo’yicha M.lash oqimda elektronlarni gurux- lashga olib keladi. Bu esa, o’z navbati- da, guruxlashgan elektronlar kinetik energiyasini o’ta yuqori chastotali tebra- nishlar energiyasiga aylantirilishiga olib keladi. Radio — va optik diapazon- larda elektromagnit tebranishlarning hamda akustik to’lqinlarning M.lari katta amaliy ahamiyatga ega. Ma’lumot- lar uzatish samaradorligini oshirish, turli tizim va qurilmalarda chastota taqsimotini ta’minlash, signallarning vaqtga bog’liq parametrlarini o’lchash uchun texnik qurilma va tizimlarda te- branishlar M.si zarur hisoblanadi. M.jarayonida tebranishning o’zgaradigan parametrlari (chastotasi, amplitudasi, fazasi)ga qarab uning nomlanishi belgi- lanadi (chastotali, amplitudali, fazali M.). Ko’pincha, M.langan signal impuls tarzida, natijasi esa yuqori chastotali impulelar to’plami yoki radioimpuls ko’rinishda bo’ladi. Hoz. paytda to’rt turdagi impuleli M mavjud: amplitu- da-impuleli, chastota-impuleli, FA- zaviy-impuleli va kenglik-impuleli M. Impuleli M. uzluksiz garmonik tebranishli M.ga karaganda shovqinga nisbatan kuchaytirilgan tayanchga egali- gi b-n ajraladi; 2) yorug’lik texnikasida — yorug’lik nuri yorqinligini yoki yorug’ dog’o’lchamini kelayotgan signallarga muvofiq ravishda o’zgartirish; ovozni optik usulda yozib olish, fototelegraf va b. sohalarda qo’llanadi.