Mozorqo’rg’on

Mozorqo’rg’on (arxeologiyada) — chorvador qabila sardorlarining mo- zori. Uzoqo’tmishda mulkiy tengeizlik va sinfiy tabakalanish jarayoni jadal kechayotgan zamonlarda, ayniqsa, chorva- dor qabilalar jamoasida olamdan o’tgan badavlat urug’va qabila sardorlari- ning jasadini oddiy kabiladoshlari- dan aloqida ko’mish odat tusini olgan. An’anaga ko’ra, yog’och yoki loydan maxsus jasadxona qurilib, uning qoq o’rtasiga shohona kiyimdagi Sardor jasadi solin- gan tobut o’rnatilgan. To-but atrofiga va butun xona bo’ylab Sardorga tegishli qurol-aslahalar, metall (oltin, kumush, jez) va sopol idishlarda marhumga ovqat qo’yilgan. Xonaning devorlariga gilam, naqsh solingan namat yoki guldor mato- lar osilib, xona tomi xari va xascho’plar b-n yopilgan. Sardor jasadxonasi etagi- ga uning xotinlaridan bir yoki bir ne- chasini shaxsiy boyliklari b-n birga, bayramona libosda ko’milgan. Jasadxo- na atrofiga, M. ostiga»narigi dunyoda» Sardorga xizmat qilishi uchun uning ot- laridan va xizmatkorlaridan bir necha- sini o’ldirib ko’mish odat bo’lgan. So’ng, qabrlar ustiga sonsanoqsiz toshlar uyumi hosil qilinib, uning ustiga qalin tuproqtortilgan. Natijada, balandli- gi va diametri bir necha metrli sun’iy tepalik hosil bo’lgan. Arxeologiyada bunday sukunat maskani M. nomi b-n yuritiladi. Ana shunday M.lar chorva- dor qabilalar yashagan mintaqalarda jez, ilk temir va antik davrda qora dengiz va Kaspiy dengizi atrofidagi cho’llarda (Soloxa, Kelermes), Zakavkazening tog’ oldi mintaqalarida (Maykop, Triale-ti), Oltoy va Jan. Sibir erlarida (ba- shadar, Pozirik, salbik, Arjan), Orol dengizi atroflarida (Tagisken) qamda Qozog’iston cho’llarida (dandiboy, be- Gozi) paydo bo’lgan. M.larning asosi, odatda, yarim shar, oval, kvadrat shaklida bo’lgan. Ularning diametri 3-4 m dan to 50 m gacha, bal. esa 2-3 m dan to 20 m gacha bo’lgan. Har bir M. oila xilxonasi yoki urug’qabristoni hisoblangan. Mulkiy tabaqalanish o’sishi b-n boy va kamba- g’allar ko’milgan M.lar o’rtasidagi farq kuchaygan. Sharqiy Evropa, Jan. Si- bir, shim. Kavkaz, Oltoy va qozog’i- ston cho’llaridagi urug’va kabila oqsoqollarining M.lari o’zlarining boyligi va kattaligi b-n ajralib tur- gan. Ahmadali Asqarov.