Moybuyoq rassomligi

Moybuyoq rassomligi — ba- diiy moybuyoklarda (ba’zan lok ham ish- latib) yaratiladigan rangtasvir turi. Bunda bo’yoq neorganik pigmentlarni oqartirilgan zig’ir moyida (ba’zan yong’oq va kungaboqar moyi qo’shiladi) iylanib hosil qilinadi. Moybo’yoq b-n, asosan, maxsus grunt (dastgoh M.r.da) yoki ohakdi suvoq (mahobatli M.r.da) b-n qoplangan matoga, shuningdek, karton, yog’och, metall- ga ishlanadi. M.r. tasvir usulining ifo- daliligi va dinamikasi b-n boshqa ras- somlik texnikalaridan ajralib turadi. Tekis yuzada hajm va kenglik tasavvuri- ni yaratish, boy ranglar taassurotini va tuslar nafisligini ko’proq hosil qilish imkonini beradi. M.r. texnika usulla — ri xilma-xil: qoplama (xira) va lessi- rovkali (shaffof), qobiqli (quyuq) va fakturali (rel-efli), nafis va silliq qilib bo’yoq berish mumkin. 19-a. boshiga- cha kartina sirtini lok aralashmali bo’yoq b-n ko’p qatlamli (bir necha bor) bo’yash va so’nggi bo’yash asosiga qurilgan. M.r. uchun 19-a. boshidan toza gruntga yoki yupqa rangli yoki tusli xomaki bo’yoq ustiga alla prima (tez sur’atda dadil) bo’yoq yotqizish ko’proq xarakterli; lok kam ishlatiladi. M.r. haqidagi ayrim yozma ma’lumotlar antik davr va o’rta asrlarda yaratilgan qo’lyozmalarda uchraydi. 15-a. 1-yarmida ya. van EYK tomonidan takomillashtirilgan dast-gohli M.r. keng tarqaldi, 16-a.dan u rassomlik san’atining etakchi texnika- siga aylandi.