Monografiya
Monografiya (mono… va … grafiya) — muayyan mavzu yoki muammoni, biror olim yoki yozuvchi hayoti va faoliyatini atroflicha, chuqur tadqiq etuvchi ilmiy asar. Monografiyada yoritilayotgan masala bo’yicha mavjud adabiyot umumlashtiriladi va tahlil etiladi, fanni rivojlantirishda yordam beradigan faraz va xulosalar ilgari suriladi.