Monopol renta

Monopol renta — ko’chmas mulk egalarining o’z mulkini ijaraga be- rishdan oladigan daromadi; ijara haqi shakli. M.r.ni er va b. ko’chmas mulk — binolar, inshootlar, turar joy va tur- li xo’jaliklar beradi. M.r.ning asosiy manbai mulkni ishlatuvchi (ijaraga oluvchi) topadigan daromad hisoblanadi. Bu daromadga mulkni ishlatuvchiga te- gadigan daromad va mulk egasiga tega- digan daromad bo’linadi. Ammo M.r.ni har qanday mol-mulk emas, balki noyo- bligi b-n boshqalardan farqlanuvchi va qo’shimcha naf keltiruvchi mol-mulk hosil etadi. Mac, ep hosildorligining yuqori bo’lishi; er osti va er ustida- gi tabiiy boyliklarni qazib olishga ketadigan sarf-xarajatning kamligi, kommunikasiya b-n ta’minlanganligi, geografik qulay joylashuvi, qurilgan bino-inshootlarning ekologik toza zona- da bo’lishi va b. Mazkur noyoblik ko’chmas mulkka bo’lgan talabni oshiradi, ijara haqini boshqalarnikidan yuqori qiladi. Bunda Real ijara haqi odatdagi ijara haqiga ustama (noyoblik haqi)ni qo’shib qisoblanadi. Ko’chmas mol-mulkning noyobligi abadiy emas, vaqt o’tishi b-n o’zgaradi. Shunga ko’ra, M.r. bir hosil bo’lsa, bir yo’qolib turadi. Mas, erda boy qazilmalar topilganda M.r. vujudga keladi, ular ishlatib bo’lingach, erning nafliligi qolmaydi, natijada M.r. yo’qoladi. Xidirnazar Allaqulov.