Monoftong

Monoftong (mono… va Yun. Phtongos — ovoz, tovush) — unli tovushlar- ning artikulyasion-akustik belgilariga ko’ra, bir xillikka ega bo’lishi, ya’ni artikulyasiya davomida turg’un talaf- fuzga ega bo’lgan, bir holatdan ikkinchi holatga ko’chmaydigan tovushlar. Aynan shu xususiyatlari b-n ular diftong (ikki unlining bir bo’g’in hosil qilishi) va triftong (uch unlining bir bo’g’in qosil qilishi)lardan ajralib turadi. Biroq M.larning bir xilligi nisbiy bo’lib, ko’p hollarda unlini o’rab turgan un- doshlarga ham bogliq. Odatda, ko’pgina tillarning unlilar tizimida M. asosiy o’rinni egallaydi.