Monofaglar

Monofaglar (mono… va Yun. phagos — eb qo’yuvchi) — oziklanish- ga o’ta ixtisoslashgan, ya’ni faqat bir tur ozuqa b-n yashashga moslashgan orga- nizmlar. Hasharotlar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar va yumshoq tanlilar orasida M. ko’p uchraydi. Hasharotlardan yaydoqchi afelinus (Aphelinus mali Hald.) faqat qon bitlarida, psevda- fikus (Pseudaphycus malinus Gah.) esa komstok qurtida parazitlik qiladi. Sug’orma dehqonchilik biosenozida uch- raydigan zararkunandalar sonini ka- maytirishda katta xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan entomofag M.dan Stethorus punctillum Wse., Scolothrips acariphagus Takh., Orius (Triphleps) albidipennis Reut. — o’rgimchakkana yirtqichlari; Apanteles congestus wees, Microptilis spectabills Hal., Rhogas dimidiatus Spin., Sinophorus xantostomus Grav., Barylypa hemeralis Brauns va b. — kuzgi tun- Lam yirtqichlari; Habrobracon hebetor Say., Apanteles kazak Tel., Anilasta prinzi Meyer., Barylypa chloratica Meyer — g’o’za tunlaminint parazitlaridir (yana q. Pa- razit hasharotlar).