MONOPOLIYADAN CHIQARISH

MONOPOLIYADAN CHIQARISH — iqtisodiyotdagi monopoliyadan erkin, teng xuqukli raqobatga asoslangan tad- birkorlik faoliyatiga qaytish (qayta o’tish). Monopoliya erkin raqobatga yo’l bermay, iqtisodiyotda turg’unlikni Vu- judga keltiradi. M.ch. sog’lom iktisodiy bellashuvga yo’l berish maqsadlarida amalga oshiriladi. Natijada mono- Pol korxonalar va birlashmalar o’rniga o’zaro raqobatlashuvchi ko’plab korxona- lar paydo bo’ladi. M.ch. 2 yo’l b-n amalga oshiriladi; yirik monopol mavqedagi birlashmalar, kompaniyalar tarqatilib, ulardan mustaqil korxonalar ajralib chiqadi; monopol korxona yoki birlashma- lar, kompaniyalar saqlangan holda ular b-n raqobat qila oladigan, bir xilda- gi yoki bir-birining o’rnini bosuvchi mahsulot chiqaruvchi korxona yoki bir- lashmalar tashkil etiladi. M.ch. bozor iqtisodiyotiga o’tishda yoki uning o’sishi uchun yangi imkon yaratishda g’oyat muhim. M.ch. O’zbekistonda 1990-y.lar boshidan bosqichma-bosqich amalga oshiriddi (q. Monopoliyaga qarshi Qonunchilik).