Monopollashgan bozor

Monopollashgan bozor — oz- chilik sotuvchilar va xaridorlar hukmron, raqobat cheklangan yoki mavjud bo’lmagan bozor. Uning monopol raqobatli, oli- gopolistik, sof monopoliya bozori tur- lari bor. Monopol raqobatli bozorda firmalar ko’p bo’lganidan ulardan har birining tovarlar sotishdagi hissasi kichik bo’ladi, natijada ular bozor- ni cheklangan holda nazorat qiladilar. Ular yashirin kelishuv asosida o’zaro til biriktira olmaydilar, bu b-n maz- kur bozor oligopolistik bozor (guruh monopoliyasi)dan farqlanadi. M.b.da firmalar mustaqil bo’lganidan o’z bo- zorida bir-biri b-n raqobatlashadi. Lekin raqobatning asosiy usuli narx b-n raqobatlashuv emas, balki sifat jihatidan bir-biridan farqlanuvchi mahsulot b-n bozorga chiqish hisoblanadi. M.b. yangi firmalarning kirib kelishi uchun ochiq hisoblanadi. Shu bois bu erda raqobat cheklanmaydi, aksincha, kengayib turadi. Yangi firmalar kirib kelganda taklif ko’payib, narxlar tushib keta- Di, natijada zarar ham ko’tariladi. Za- rar ko’rganlar bozordan chiqib ketishgach, narxlar oshadi, foyda maksimumlashadi. Bunday bozorda tovarlarni mukammal- lashtirish sotish hajmini oshirib, foy- da miqdorini ko’paytiradi. Raqobatda modernizasiyadan tashqari, reklama ham keng qo’llanadi. M.b.ning monopolla- shuv darajasi amerikalik iqtisodchi A. P. Lerner (1903-1983) indeksi (L) b-n aniqlanadi: P-Wm bu erda R — narx; Wm — me’yo- riy xarajatlar. Indeks qiymati 0 dan 1 gacha o’zgaradi. Uning qiymati 1 ga kancha- lik yaqin bo’lsa, firma monopoliyasi shu qadar kuchli hisoblanadi. Xidirnazar Allaqulov.