Monosom tahlil

Monosom tahlil — genetic ta-dqiqot usuli; aneuploidiya hodisasi tiplaridan biri — monosomiyaga (q. Geteroploidiya) asoslangan. Genotip- dagi ayrim xromosomalarning irsiy ahamiyatini aniqlashga xizmat qiladi. Monosomiklar tashqi va ichki (fiziolo- gik, genetik) omillar ta’sirida xromo- somalarning qut-blarga tarqalishidagi buzilishlar tufayli vujudga keladi. Bunday buzilishlar xam somatik, ham jinsiy hujayralarda bo’lishi mumkin. Shuning uchun monosomiklar mitotik va meyotik bo’ladi. Biroq gomologik xro- mosomalarning qutblarga tarqalmasligi meiozaa, ya’ni gomologik xromosomalar- ning kon’yugasi-yalanish va bivalentlar hosil qilish jarayonida ko’proq yuz be- radi, chunki bunda bivalent batamom bir hujayraga o’tib ketishi tufayli ikkin- chi hujayrada etishmovchilik kuzatiladi. M.t. hayvon va o’simliklar genetikasida qo’llanadi.