Monotematizm

Monotematizm (mono… va tema — mavzu) — ko’p ovozli musiqa asarlarini tuzilish printsipi; M. ma’- lum bir musiqiy mavzu (kuy)ning o’ziga xos rivojlantirish usuli b-n bog’liq bo’lib, sonatasimfonik turkumi yoki unga asoslangan bir qismli shakllarni o’zaro bog’laydi. M.ning ilk namunasi — L. Betxovenning 5simfoniyasi. M., ayniqsa, musiqiy romantizm davrida rivoj topgan (g. Berlioz, F. List va b.). O’zbek kompozitorlari asarlari (mas, M. Tojievning 3 — simfoniyasi)da ham keng qo’llanilgan.