Monterrey

Monterrey — Meksikaning shim.-Sharqiy qismidagi shaxar, Santa- Katarina daryosi vodiysida. Nuevo-Leon shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 1,1 mln. kishi (2000). Aeroporta xalqaro axdmiyatga ega. Mamlakatning yirik iqtisodiy markazi (Mexikodan keyin 2-o’rinda). Qora va rangli metallurgiya sanoatlari rivojlangan. Metallsozlik, mashinasozlik (jumladan, Elektrotexni- ka, q.x. mashinasozligi), kimyo, yog’ochsozlik, to’qimachilik, ko’n-poyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari mav- jud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Reynos sh.dan quvurlar orqali gaz, Tampiko sh.dan neft mahsulotlari keltiriladi. Un-tlar bor. Shaharga 16-a.da asos solingan. Me’moriy yodgorliklaridan 17-18-a. larda qurilgan binolar saqlangan. M. yaqinidan polimetall rudalar olinadi, shahar yonida yirik GES qurilgan.