Muchal

Muchal-muchal hisobi — 12 hayvonning nomi bilan ataladigan davriy yil hisobi. Bu hayvonlar: sichqon, sigir, yo’lbars, quyon, baliq, ilon, it, qo’y, maymon, tovuq, ot, to’ng’iz. Kishi shu hayvonlar nomi bilan atalgan 12 yilning qaysi birida tug’ilgan bola bo’lsa, uning muchada shu nom bilan atalgan. Muchal hisobida shu aytilgan 12 yillik davr bir aylanib kelsa odam bir muchalga to’lgan bo’ladi. Lekin kishilarning yoshini aniqlashda ularning ona qornidagi vaqti bir yilga teng deb hisobga olinadi, ya’ni kishi bir muchalga to’lganida uning yoshi 12 emas, 13, ikki muchalga to’lganida 25 bo’ladi. Muchal hisobi Osiyo va Afrika qit’alaridagi ko’pgina xalqlar orasida qadim zamonlardan beri bor. Yozma manbalarda ko’rsatilishicha, uni dastlab Grek-Baqtriya podsholigi davrida ko’chmanchi-chorvador xalqlar yaratgan. So’ngra Mo’g’uliston, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Misr, Iroq, Eron, Afg’oniston va boshqa mamlakatlarda keng tarqalgan.