Muchal

Muchal, muchal yil hisobi — Sharqiy va Markaziy Osiyoda keng tarqalgan yil hisobi. M. asosida mi- loddan 2000 yillar oldin kiritilgan xitoylarning tsiklik kalendari yotadi. 60 yillik tsikl b-n yilning nomlari qaytariladigan bu taqvim aslida Quyosh — Oy kalendari (q. Kalendar) bo’lib, u oyning er atrofida aylanish davri- ga (bu davr sinodik oy deyilib, 29,53 sutkaga teng) va tropik yilga (365,2422 sutka) tayanadi. Yilning uzunligi od- diy yillarda 12 oylik bo’lib, 354 kun- ga, kabisa yillarda esa 13 oylik bo’lib, 384 kunga teng. 60 yillik tsiklda kaysi yil 12 oylik, qaysisi 13 oylik (EMBO- lismik) bo’lib kelish tartibi ma’lum Oy fazasi (mas, yangi oy) yilning anik, bir sanasiga to’g’ri kelish davriga (bu davr 19 yilga teng bo’lib, uning ixtiro- chisi sharafiga Meton davri yoki tsikli deyiladi) ko’ra aniqlanadi. 19 yillik tsiklning 2-, 5-, 7-, 10-, 13-, 15- va 18-y. larida 13-oy qo’shilib, qolganlari od- diy — 12 oydan iborat bo’ladi. 20-a.da ushbu kalendarning 19-yillik tsikllari boshi 1924, 1943, 1962, 1981, 2000 yil- larga to’g’ri keldi. Qad. Xitoy kalenda- rida 60 yillik tsiklning kelib chiqish tarixi quyidagicha. Kds. da olam 5 ta — suv, olov, tuproq, metall va yog’och kabi unsurlardan tashkil topgan hamda ular ijobiy va salbiy xususiyatlarni mu- jassamlantirgan, deb qaralar edi. Bu 5 unsur o’zining 2 xususiyati b-n «osmon shoxobchasi» belgilari (Szya, i, bin, din, u, szi, gen, sin, Jen, Guy) orqali ifo- dalangan. 60 yillik tsiklning paydo bo’lishida ana shu 5 unsur uni tashkil etuvchi ko’paytiruvchilardan biri bo’lib, ikkinchisi — 12 esa osmonning eng yorug’ «yul-duz»laridan bo’lgan Yupiter (Mushtariy^ning yillarida ifodalan- gan davridan olingan. Yupiterning 12 yillik harakat yo’li 30° dan qilib 12 bo’lakka bo’lingan (30°x 12=360°) va xar bir bo’lagiga «er shoxob- chasi» deb ataluvchi 12 oyning belgilari (szi, Chou, in, Mao, Chen, si, u, Vey, Shen, yu, Syuy, xay) qo’yib chiqilgan. Keyinchalik milod boshlarida bu belgilarga ushbu hayvonlarning nomlari qo’shib qo’yilgan: kalamush, sigir, yo’lbars, quyon, ajdaho, ilon, ot, qo’y, maymun, tovuq, it, cho’chqa. Bular Quyoshning yillik ko’rinma xara- kati yo’lida joylashgan (zodiak soxa deb yuritiluvchi sohada) ushbu yulduz turkum- lari egallagan hududlarga mos keladi: Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sum- bula, mezon, Aqrab, qavs, Jadiy, Dale va Xut. Oqibatda qad. xitoyliklar «osmon shoxobchasi» va «er shoxobchasi» belgila- ridan tashkil bo’lgan va 60 (12×5) yilni o’z ichiga olgan tsiklik jadvaltaqvimni tuzganlar. Mazkur taqvimda ma’lum yil — «osmon shoxobchasi»ning vertikal US- tuni va «er shoxobchasi»ning gorizon- tal yo’li kesishgan katakda joylashib, qo’shma — «quyon-olov», «maymun-metall» yoxud «otsuv» kabi nomlar b-n ataladigan bo’lgan va aynan shu nomlarga mos ra- vishda, 60 yildan so’nggina qaytarilgan. 60-yillik tsiklga ega bo’lgan bu taqvim hoz. kunda Xitoy, Yaponiya, Koreya, vet- nam va Mongoliyada qo’llanadi. Xitoy va Koreyada «osmon shoxobchasi»ni tashkil etgan unsurlar ikkilamchi — ijobiy va salbiy (ba’zan ikki jins — er va ayol) xususiyatlariga ko’ra ikkiga bo’lingani holda, Yaponiyada ular yosh xususiyatlariga ko’ra — katta va kichik nom b-n, mongo- liyada esa 5 unsur faqat ranglar b-n ko’k (ba’zan yashil), kizil, sariq, oq va qora deb qo’llaniladi (jadvalga q.). Qad. yozma manbalarda ko’rsatilishicha, M.ni dastlab Yunon-Baqtriya pod-sholigi davrida (mil. AV. 250— 140- yoxud 130y.) ko’chmanchi chorvador xalqlar yaratgan, so’ngra Mo’g’uliston, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Misr, Iroq, Eron, Afg’oniston, O’rta Osiyo mamla- katlari va b. mamlakatlarga tarkalgan. Bu hisobning vatani Xitoy va Misr de- gan ma’lumotlar xam bor. Kishilarning tug’ilgan yillarini hayvonlar nomi b-n atash odati ayrim xayvonlarga sig’inish asosida kelib chiqqan: 12 yillik hisobga kiritilgan hayvonlar «xosiyatli» va «muqaddas» hisoblangan. Qaysi mamla- katda qanday hayvonga ko’proq sig’inilsa, shu hayvon mazkur yillik hisobga ki- ritilgan. Mac, Xitoyda baliq o’rniga afsonaviy ajdaho, Afrikadagi ba’zi xal-qlar orasida baliq o’rniga timsoh, Misrda sichqon o’rniga mushuk, ot o’rniga eshak va h.k. qo’llangan. O’rta Osiyo mam- lakatlari, Mo’g’uliston, Xitoy va b. mam- lakatlarning xalqlari orasida turli buyumlarni M. yil hisobiga kiritilgan hayvonlarning tasviri b-n bezash odat bo’lgan. Oltin va kumushdan ilon shakli- da ishlangan bilaguzuklar, baliq va b. hayvonlarning tasviri o’yib ishlangan mis tovoklar bunga misol bo’ladi. Qad. rivoyatlarga ko’ra, M. yil hisobidagi har bir yilda muayyan voqeaqodisalar sodir bo’lar emish. Mas, «ilon yili»da qurg’oqchilik, qimmatchilik bo’lar, qish sovuq kelar, «to’ng’iz yili»da esa yog’ingarchilik ko’p, narxnavo arzon bo’lar emish. Tug’ilgan bolaningtaqdiri, fe’l-atvori ham go’yo uning qaysi yilda tug’ilganligiga bog’liq ekan (xususan, «quyon yili»da tug’ilgan o’g’il bola yaxshi kishi bo’lib etishib, foydali ishlar qiladi, uzoq, badavlat xayot kechiradi va h.k.).