Mutasiya

Mutasiya — organizm u yoki bu belgilarining o’zgarishiga olib keluvchi genetik materialning to’satdan tabiiy yoki sun’iy irsiy o’zgarishi. M. haqidagi ta’limotga gollandiyalik botanik X. De Friz asos solgan (1901). M.ning mole- kulyar mexanizmi 20-a.ning o’rtalarida olib borilgan molekulyar genetika sohasidagi tadqiqotlar b-n bog’liq. M. hosil qilish virus va mikroorganizm- lardan boshlab barcha yuksak o’simliklar, hayvonlar va odam uchun xos bo’lgan tiri- klikning universal xossasidir. Agar M. belgilarning yovvoyi tipga xos holatdan chetga chiqishiga olib keladigan bo’lsa, bu holat to’g’ri M. deyiladi. Bunday M. tabiatda keng tarqalgan. Yovvoyi tipga xos belgining to’la yoki qisman tikla- nishiga olib keladigan M. esa teskari M. yoki reversiya deb ataladi. Organizm- ning generativ (jinsiy) xujayralari- da sodir bo’ladigan M. (generativ M.) naslga beriladi. Somatik xujayralar- da yuz beradigan M. esa faqat vegetative ko’payish orqali naslga beriladi. Yadro xromosomalarida sodir bo’ladigan va tsitoplazmatik (hujayra organoidlari — mitoxondriyalar, plastidalar va b.da yuz beradigan) M. ham mavjud. Genetik apparatning o’zgarish xususiyatiga ko’ra ayrim genlarning o’zgarishiga bog’liq bo’lgan gen, ya’ni nuqtali M., xromosoma to’plami sonining o’zgarishi orqali so- dir bo’ladigan genom M., ayrim xromoso- malar sonining o’zgarishi b-n bog’langan ane-uploidiya; xromosomaning qayta tuzilishi orqali namoyon bo’ladigan seg- mentli M. ajratiladi. Gen M.si dan tashqari qolgan barcha M. «xromosoma aberrasiyalari» deb ataladigan umumiy nom b-n yuritiladi. Gen yoki nuqtali M. ayrim genlarning barqaror o’zgaruvchanligi bo’lib, barcha M. ning eng ko’p qismini tashkil etadi. Gen M.si yangi irsiy xromosomalar pay- do bo’lishining asosiy sababchisi bo’lib, genlar xilma-xilligi va kombinativ uzgaruvchanlikning asosi hisoblanadi. Gen M.si kelib chiqishining asosiy sa- babchisi DNK tarkibidagi nukleotid- lar juftligi (RNKdagi nukleotidlar izchilligi)ning o’zgarishidan iborat. Bu toi-fadagi M. tranzisiya, Transversiya kabi 4 guruhga bo’linadi: 1) tranzisiya — purin-pirimidin juftligi o’zgarmagan holda juft nukleotidning almashinishi (AT<=>GC) tufayli sodir bo’ladigan M.; 2) Transversiya — purin-pirimidin juftligi o’zgargan qolda juft nukle- otidlarning almashinishi (AT<=>GC, AT<=>ta, GC<=>CG) tufayli sodir bo’ladigan M.; 3) juft nukleotidlarning qo’shilishi orqali sodir bo’ladigan M.; 4) juft nukleotidning tushib qolishi tufayli kelib chiqadigan M.Xromosoma to’plami sonining o’zgarishi b-n bog’liq bo’lgan genom M. Har bir tur uchun xro- mosomalarning muayyan to’plami xos bo’ladi. Bu to’plamdagi xromosomalar- ning har biri bir martagina uchraydigan xromosoma to’plami (p) b-n belgilanadi. Diploid hujayralarda xromosoma- lar ikki to’plam (2p)ga, gaploid xujayra- larda esa bitta to’plam (p)ga ega bo’ladi. M. natijasida organizm hujayralarida xromosomalar soni gaploid to’plamiga nisbatan bir necha karra ortadi, ya’ni po- liploid holatga o’tadi. Xromosomalar to’plami 3 marta ortgan, ya’ni Zp bo’lsa, triploid, 4 marta ortgan (4p) bo’lsa, te- traploid, besh marta ortgan (5 p) bulsa, pentaploid deyiladi. Poliploidlar au- topoliploidlar (aynan bir xil xromoso- ma to’plamining bir necha martaga orti- shi) va allopoliploidlar (turlararo du- ragaylarda ikki, ba’zan undan ortiqhar xil xromosomalar to’plamining bir necha martaga ortishi)ga ajratiladi. Ayrim xromosoma sonining o’zgarishi b-n bog’liq (aneuploidiya) M., ya’ni Gete- roploidiya deb ataladigan M. normal sondagi xromosoma tuplamida ayrim xromosomalarning normadagi gomolo- glar soniga nisbatan ortishi, mas, ikki gomolog urniga 3 ta bulishi (trisomiya, 2p+1) yoki kamayishi — ikki gomolog Urniga bitta xromosoma bo’lishi (mo- nosomiya, 2p—1) yoki juft xromosoma bulmasligi (nullisomiya) tufayli kelib chiqadi. Xromosomalarning qayta tuzilishi b-n bog’liq M. — segmentli M.da xromo- somalar soni uzgarmaydi, lekin bir yoki bir necha xromosomaning qayta tuzilishi kuzatiladi. Xromosomalarning qayta tuzilishi defishensiya, delesiya, du- plikasiya, inversiya va translokasiyalar orqali sodir buladi. M.ning kupchiligi organizm uchun zararli. Ko’p hollarda mutant genlar irsiy kasalliklar keltirib chikaradi; organizmningg mayibmajruh bulishi, hatto nobud bulishiga olib keladi. Juda kam xrllarda vujudga keladigan gen M.si u yoki bu xossalarning yaxshila- nishiga sababchi buladi va aynan mana shunday M. tabiiy tanlanish va sun’iy tanlash uchun material beradi; tabiatda evolyusiya uchun zarur sharoit yaratadi; selektsiya uchun foydali formalarni et- kazib beradi.