MUHAMMAD BURUNDUQ BARLOS

MUHAMMAD BURUNDUQ BARLOS (to’liq ismi Muhammad Burunduq ibn Ali ibn burunduk, ibn Jahonshoh ibn Joku Barlos) (taxm. 15-a. o’rtalari — 16-a. boshi) — Sulton Husayn Boyqaronkng lashkarboshisi. Husayn Boyqaro 1495— 96 y.larda Hisor, Xut- talon va Badax-shonga yurish qilganida M.B.B.ni Xuttalonga jo’natgan. «Boburnoma»da yozilishicha M. B. B. te- muriylardan dastlab Abulqosim Bobur Mirzoning, keyinchalik Abu Sayd Mir- zoning beki bo’lgan. Abu Caud uni hurmat qilib, unga va Jahongir Barlosga ko- bulni bergan, o’g’li Ulug’bek Mirzoga otaliq (otka) etib tayinlagan. Boburnij yozishicha, M. B. B. «bilimlik, bisyor sar- dor kishi edi». M.B.B. Husayn Boyqaro va uning Su-yukli xotini Xadicha begim- ning o’g’li Muzaffar Husayn Mirzoga sohibixtiyor bek etib tayinlangandi. Husayn Boyqaro vafotidan so’ng (1506) M.B.B., Zunnunbek va b. beklar keli- shib Badiuzzamon Mirzo va Muzaffar Husayn Mirzolarni taxtga o’tqazganlar. Zunnunbek Badiuzzamon huzurida, M.B.B. Muzaffar Husayn Mirzo huzurida bosh bek (sohibixtiyor) bo’lganlar. Shaybo- niyxon Balxni qamal qila-yotgan edi. Be- klar Bodhizga etishganda ularga boshqa shahzodalar kelib qo’shilgan. M. B. B. Bo- burni ham bu yurishga taklif etish uchun uning huzuriga borgan. Bobur M.B.B. b-n safarga otlangan. Mirzolar Hirotdan chiqib Murg’obga etib kelgunlarigacha 3 oy vaqt o’tgan. Bu orada Balx taslim bo’lgan, Shayboniyxon Samarqandga qaytib ket- gan. Temuriy shahzodalar qo’shini tarqab ketgan. 1507 y. Shayboniyxon Hirotni qamal qilganida M.B.B. shahar mudofa- asiga bosh bo’lgan, biroq raqibiga dosh berolmay shaharni tashlab qochgan.