Mug’ojar tog’i

Mug’ojar tog’i (qozoqcha Mo’g’aljar) — Qozog’iston Respubli- kasining oq-to’ba viloyatidagi tog’. Kaspiybo’yi pasttekisligi b-n To’rg’ay soyligi orasida joylashgan. U shim. da Ural daryosi vodiysidan Jan.da Tu- Ron tekisligidagi Shag’iray balandli- gigacha davom etadi. Uz. 200 km, eni 30 km gacha. Eng baland joyi 657 m (katta Baxtiboy tog’i). Tog’geologik tuzilishi jihatidan Ural tog’larining davomi hisoblanib, asosan, ohaktosh, ko’mirli slanes, qumtosh, kristalli slanes kabi jinslardan tuzilgan. G’arbiy va Sharqiy Mug’ojar tog’iga bo’linadi. Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq, kishi sovuq, qor kam yog’adi. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -16, -17°, iyulniki 23-25°. Yillik yog’in 200-250 mm. Yog’in asosan, bahorda tu- shadi. M.t.ning g’arbiy yon bag’ridan Emba, O’r (Kaspiy dengizi havzasi), Sharqiy yon bag’ridan Irg’iz daryosining o’ng ir- moklari boshlanadi. Asosan, dasht va chala cho’l landshafta mavjud bo’lib, Jan. qoratuproq va kashtan tuproqdan ibo- rat. Asosiy o’simliklari: chalov, betaga, shuvoq, burgan, Daryo vodiylarida terak, tol, qa-yin o’sadi. Bahorgi-yozgi yaylovlar bor. Xrom rudasi, fosforit, mis, ni- kel, ko’mir konlari zaminida konchilik sa-noati rivojlangan.