Mug’lon

Mug’lon — Qashqadaryo viloyati Kaebi tumanidagi qishloq. Tuman markazi. Yaqin t.y. stantsiyasi — Koson (20 km). M.dan viloyat markazi (qarshi sh.)gacha 50 km. Aholisi 7 ming kishi (2003). Obihayot va Kasbi kanallaridan suv oladi. Ma’muriy idoralar, aloqa bo’limi, avtostantsiya, O’zbekiston—tur- kiya qo’shma korxonasi, dehqon bozori, 2 umumiy ta’lim maktabi, lisey-Inter- nat, madaniyat saroyi, stadion, marka- ziy kasalxona, dorixona va b. tibbiy muassasalar, madaniy, savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor. M.— Qarshi, M.—Koson yo’nalishlarida Avto- bus qatnovi yo’lga qo’yilgan.