«MUHOKAMAT UL-LUG’ATAYN»

«MUHOKAMAT UL-LUG’ATAYN» («Ikki til muhokamasi», 1499) — Ali- sher Navoiynint tilshunoslikka oid asarlaridan biri. Navoiy «M.ul-l.»da o’zbek tilining boyligini, qudratini, o’sha zamonning adabiy tillari qatoridan o’rin olishga qodir va haqli ekanligini ilmiy tomondan isbotladi. Asarda o’zbek (turkiy) va fors tillari unli tovushlar, leksika va morfologiya doirasida o’zaro qiyoslanadi. Dastlab har ikki tildagi unlilar qiyoslanganda, shoir fors tilida unlilar soni cheklan- ganligi, o’zbek tilida esa unlilar bir qancha ma’no fark,lovchi variantlarga ega ekanligi va ular uzaro uzunqisqaligi b-n ajralib turishini dalillar orqali ko’rsatib bergan. Alisher Navoiy o’zbek va fors til- lari leksikasini qiyoslash uchun tabi-at manzaralari, uy-ro’zg’or buyumlari, ov jarayoni, hayvon va qushlarning tur- lari kabi juda ko’p sohaga oid yuzlab so’zlarni keltirib, bu so’zlarning muk- rbalasi forschada yo’kligini, forslar ko’pincha o’sha O’zbekcha so’zlarning o’zini ishlatishlarini ta’kidlab, o’zbek ti- lining boy imkoniyatlarini har tomon- Lama ko’rsatgan. Mana shunday fikrla- ridan ayrimlari: «…xo’blarning ko’z va qoshlari orasinki, qabog’derlar, for- siyda bu uzvning oti yo’qtur..». Alisher Navoiy so’zlarning ko’p ma’-noliligi, sinonimlar jihatidan ham o’zbek tilining imkoniyati kengli — gini, ularning she’riyatda turli nozik ma’nolarni ifodalashdagi ahamiyatini (ot, it, tush, yon, yoq, bor, sog’in, tuz, ko’k kabi so’zlar talqinida) ko’rsatadi. Navo- iy grammatik jihatdan ham o’zbek tili fors tiliga nisbatan ba’zi imkoniyat- larga ega ekanligini tahlil etadi. Ma’- lumki, qaysi til ma’-noni qisqa yo’l b-n ifodalay olsa, shu til rivojlangan til hisoblanadi. O’zbek tilining rivojlan- gan til ekanligini shoir zaruriy misol- lar b-n ko’rsatib beradi. Mas, o’zbek tili- da birgalik nisbat qisqagina -sh Affik- si orqali yasaladi: «va masdarg’a bir Shin harfi ilhaq qilmoq bila ul maqsudni topibdurlar. Andoqki chopishmoq va topishmoq va quchushmoq va o’pushmoq va bu Shoe lafzdur». Forslar bu ma’noni so’z birikmasi orqali ifodalaydilar. Navoiy shaxs oti yasovchi qo’shimchaning xususiyatini 30 ga yaqin so’z misolida isbotlab (qo’rchi, suvchi, nayzachi, yurtchi, Qushchi, barschi, qo’ychi, turnachi, kiyikchi va h.k.), o’zbek tilining so’z yasash va fikr ifodalash jihatidan ham o’ziga xos im- koniyati mavjudligini ko’rsatgan. Navoiy o’zbek tilining boyligi va qudratini, ifodaviy imkoniyatini asosli tahlil etib, quyidagi xulosa- ga keladi: o’zbek tilida bu xildagi no- zik ma’noli suz va iboralar ko’p, ammo «bu kunga degincha hech kishi haqiqatig’a muloxaza qilmog’on jihatidan bu Yashu- Run qolibdur… hunarsiz turkning si- tam Zarif yigitlari osonliqqa bo’la forsiy alfoz bila nazm ayturg’a mash- g’ul bo’lubturlar». Shuning uchun Navo- iy o’zbek shoirlarini uz tilida ijod qilishga da’vat etadi. Nashri: Navoiy, asarlar [15 j.li], 14 — j., T., 1967; Navoiy, mukammal asar- lar to’plami [20 j.li], 16-j., T., 2000. Ergash Umarov.