Muhyi

Muhyi (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Rizo Oxund o’g’li) (1835, Qandahor, Afg’oniston — 1911, Andi-jon) — shoir. Turkiy va forsiy tillarda ijod qilgan. Hirot va Buxoro madrasalarida tehsil olgan. M. 19-a.ning 60-y.lari o’rtalarida Andijon sh.da yashagan. Andijon hokimi — Xudoyorxonning katta o’g’li Nasriddin- bek (1865 — 75) M.ga «toj ush-shuaro» («Shoirlar toji», 1869) faxriy unvoni- ni bergan. 1871 y. haj ziyoratidan so’ng u «Hoji Muhyi» taxallusini olgan. 1876 y.da Qo’qon xonligi tugatilgach, M. Qo’qonda, Soibzoda hazrat madrasasida yashagan. M.dan salmoqli ijodiy meros qolgan. Bular jumlasiga shoir de- vonining turli kotiblar tomonidan ko’chirilgan 6 qo’lyozma nusxasini, M.ning o’zi tuzgan 1 she’riy to’plamni kiritish mumkin. Forsiy va turkiy devonlari 1 muqovada 1912 y.da Toshkentda, por-tsev matbaasida chop etilgan. Forsiy devo- nida 242 g’azal, 6 qasida, 4 masnaviy, 91 qit’a, 19 fard va 3 ruboiy bor (230 sahifa), turkiy devoni esa 148 g’azal, 1 musaddas, 1 murabba’, 74 qit’a, 1 qasida va 11 mufradot (130 sahifa)dan tashkil topgan. M., asosan, lirik she’rlar yozgan. G’azaliyotida Navoiy, Lutfiy, So’fi Ol- loyor ijodining ta’siri seziladi. Sati- rik asarlarida, xususan, mashhur Viktor voqeasi haqidagi muxammasida o’lkaga kirib kelayotgan rus sarmoyadorlarining kirdikorlari, ularga ishonib aldangan mahalliy boylar qajv ostiga olingan. Ad:. Qayyumov P., Tazkirai Qayyumiy |3kitob|, T., 1998. Akrom Dehqonov.