Muqimiy teatri

Muqimiy teatri, Muqimiy no- midagi O’zbek davlat musiqali drama te- atri — O’zbekistonning yirik teatrla- ridan biri. 1939 y. 30 noyabrda komik AK- tyor M. Miroqilov tashabbusi b-n Respu- blika komediya va satira teatri sifatida tashkil etilib, faoliyatini «burungi qozilar yoki Maysaraning ishi» (Hamza) spektakli (rej. M. Miroqilov) b-n bosh- lagan. Ijodiy guruh 45 kishidan iborat bo’lib, Mirshohid Miroqilov — badiiy rahbar, F. Umarov, B.Xo’jaev — rej.lar; M. Kuznesova, S. Xo’jaev, A. Bakirov, M. Yoqubova, M. Xolmuhamedov, A. Boltaev, O. Fayozova, A. Yusupov, U. Abdullaev, M. G’ofurov, M. Mirtolipov, 3. Shermatova singari aktyorlar tashkil etdi. «O’jar xonim» (Lope de Vega), «Oshiklar» (B. Xalil), «Qozixona» (G’. G’afurov) kabi spektak- llar teatrning dastlabki spektakllari bo’ldi. 1940 y. teatr musiqali drama va kome- diya teatri nomi b-n qayta tashkil bo’ldi. T. Jalilov — badiiy rahbar, A. Azimov — bosh rej. etib tayinlandi. Teatrning birinchi katta ishi «to- hir va Zuhra» (S. Abdulla; T. Jalilov, 1941) musiqali dramasi bo’ldi. Xalq ba- diiy an’analariga yaqinligi b-n ajralib turgan bu spektaklning yutug’i milliy musiqa merosi namunalarida va T. Ja- lilovning o’ziga xos original kuylarida namoyon bo’ldi. 2-jahon urushi davrida teatr o’zbek xalqining front orqasidagi mardonavor mehnati va jasorati xaqida hikoya qiluvchi «Qurbon Umarov» (S. AB- dulla, Chustiy; T. Jalilov), «Qasos» (Sh. Tuyg’un, A. Umariy; Yu. Rajabiy, B. Nadejdin), «Oftobxon» (K. Yashin; X. To’xtasinov) kabi spektakllar b-n o’z re- pertuarini boyitdi. O’sha yillar saxna- lashtirilgan «Nurxon» (K. Yashin; T. Ja- lilov) o’zbek musiqali drama janrining yuksak namunasiga aylandi. Urushdan keyingi yillar teatr re- pertuarida kichik mavzularga muroja-at etish, soxta jo’shqinlik kayfiyati etakchi- lik qildi. Spektakllar sahnalashtirish va ijro mahorati jihatidan ancha sayoz- ligi natijasida teatr mavkei ancha tu- shib ketdi va ko’pgina ijodkorlar teat- rni tashlab ketdi. 40-y.larning oxiri — 50-y.larning boshlariga kelib teatr hayoti ancha jonlandi, chunki teatr 1948 y. Toshsovet nomidagi Yangiyo’l musiqali drama teatri b-n birlashtirildi va te- ATR jamoasi yangi binoga ko’chib o’tdi. Teatrning ijodiy tarkibi R. Hamroev (1959-76 y.lar bosh. rej.), H. Umarov, M. Isroilov, U. Qoraboev, M. Orifboev, keyinchalik S. Po’latov, B. Ixtiyorov, H. Sharipov, M. Ixtiyorova, N. Po’latova, F. Ahmedov, T. Nazarova, M. Mirtoli- pov, V. Raykova kabi aktyor va rej.lar b-n mustahkamlandi. Natijada «Alpomish» (S. Abdulla; T. Jalilov), «Farhod va Shirin» (K. Yashin; Yu. Rajabiy, G. Mu- shel), «Muqimiy» (S. Abdulla; T. Jali- lov, g. Mushel), «Surmaxon» (B. Rahmonov; T. Ja- lilov, L. Stepanov), «rav-Shan va Zul- xumor» (K. Yashin; T. Jalilov, G. Mu- shel) singari spektakllar b-n teatr o’z mavqeini ko’tarib oldi. 50 — 60-y.larga kelib musiqali dra- malar yaratishda nafaqat bastakorlar, balki kompozitorlar ham faol qatnasha boshladilar. «Oltin ko’l» (uyg’un; M. Leviev), «Vatan ishqi» (Sh. Sa’dulla, 3. Fatxullin; S. Boboev), «Toshbolta oshiq» (H. G’ulom; M. Leviev), «Momo er» (Ch. Aytmatov; I. Akbarov), «Nodira» (X. Razzoqov; K. Jab-borov, S. Hayitboev) va b. shular jumlasidan. Bu spektak- llardan keyin turli mavzudagi asar- larni musiqiy va sahna talqinini hal etishda teatrning ijodiy imkoniyatlari kengligi namoyon bo’ldi. Shu davrda yara- tilgan eng yaxshi spektakllarning sahna yuzini ko’rishida Mannon Uygur, ya. Bo- bojonov, M. Muhamedov, 3. Qobulov, E. Yungvald-xil-kevich, R. Hamroev, M. Mirtolipov kabi rej.lar, F. Shamsut- dinov, N.Ginzburg, F. Nazarov, G. Doni- yax singari diri-jyorlar, g. Vizel, Sh. Shoraximov, 3. G’oyibov, P. Koval va b. rassomlar, V. Gubskaya, E. Baranovskiy, N. Gordon, R. Vahobov, R. Karimova kabi baletmeysterlarning xizmatlari katta bo’ldi. Ichki kechinmalarni etkazish b-n birga xonandalik va dramatik mahorat uyg’unligi X. Ahmedov, M. G’afurov, F. Rahmatova, E. Jalilovalar ijrosi- da, ifoda vositalarining his-tuyg’uga to’laligi, bir obrazdan ikkinchi obrazga tez uta bilish san’ati L. Sarimsoqovada, betakror kolorit, o’ziga xos xalq yumori b-n yug’rilgan ijro S. Xujaevda, kinoya, yaxlitlik, ijro madaniyati H. Umarovda alo-xdda ajralib turdi. 70-80-y.larga kelib teatrning mu- vaffaqiyatli spektakllari asosan tar- jima asarlardan iborat bo’ldi. «Qonli to’y» (Garsiya Lorka; I. Akbarov), «Reja» (R. Tagor; M. Bafoev), «Prometey» (Yu. Marsinkyavichus; M. Bafoev), «Jon qizlar» (K. Shang’itboev, K. Boy-Seitov; A. Muhamedov), «Malinovkada to’y» (L. Yuxvid; B. Aleksandrov), «Momo er» (Ch. Aytmatov; I. Akbarov), «un ikkin- chi kecha» (u. Shekspir), «Xonuma xonim» (A. Tsagareli; G. Kancheli) kabi musiqali dramalar shular jumlasidan. Murakkab falsafiy mavzular yori- tilgan bu spektakllarda musikaning roli kutarilishi b-n birga xor, balet Muqimiy teatri binosi. Vazifalari kengaytirildi, metafora, simvolika, shartli teatr qullanmalaridan keng foy- dalanildi, shuningdek, boy sahna kompo- zisiyasi, obrazlar talqinida musiqiy kup ovozlilik qullanildi. 1972 y.dan teatr O’zbek davlat musi- kiy teatriga aylantiriddi. «Zuldir» (A. Ibrohimov; M. Bafoev), «hiylai shar’iy» (R. Guntekin; M. Mahmudov) kabi satirik komediyalarda musiqada ham, aktyorlar ijrosida ham hazil- mutoyiba, uziga xos utkir kinoya, istehzo ustunlik qildi. Lekin 70-80-y.lar tajribasi shuni kursatdiki, teatr re- pertuari o’sha davrda yaratilgan adabiy asarlardan ancha orqada qolib ketdi. Sahna rivojlanishi juda past bo’lib, murakkab mavzulardan krchildi, maishiy komediyalar yaratishga, bir xil qoliddgi spektakllar sahnalashtirishga e’tibor qaratidtsi. Bunga katta avlod urniga kel- gan yosh ijodkorlarning mustaqil ijodga hali tayyor emasliklari sabab bo’ldi. 80-y.lar oxiri — 90-y.larning bosh- larida teatr repertuarini ko’proq ertak va afsonalar egalladi. «Gul va Navruz», «Yusuf va Zulayho», «Tuyaqush boyaqish», «Shayton va muridlar» kabilar shular jumlasidan. Shuningdek, dolzarb mav- zular, qayta qurish va qayta qurishdan keyingi davr yoritilgan spektakllar xam sahnalashtirildi. Lekin spektakllar- da ijtimoiy hodisalar chuqur taxlil qilinmagan holda, yuzaki hal etildi. Zamonaviy maishiy mavzu musiqali ko- mediyalar («kuyovlar konkursi», «Dilaf- RUzga 4 oshiq» va b.) b-ngina chegaralanib qoldi. 1993-94 y.lar teatr repertuari «Bir kam dunyo» (T. Yunus, A. Yunus), «To’ylar muborak» (O’. Hoshimov, O. Mux- tor; M. Maxmudov), «Toshkentga sayohat» (B. Dar-vesh; N. Xalilov) va b. musiqali komediyalar b-n boyidi. Bu spektakllar- da xalq lirik kuylari, hazil, o’yinbop qo’shiklar asosiy o’rin tutdi. O’sha yil- larda sahnalashtirilgan «Nodirabe- gim» (T. To’la; F. Olimov), «har kimki vafo qilsa» (H. Muhammad; A. Ismoi- lov, S. Xayitboev, M. Otajonov) kabi spektakllarda tarixiy mavzuga qaytish, milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo’shgan yirik tarixiy shaxslarni gavdalantirishda teatr sifat jihatiga alohida e’tibor berdi. 1995-97-y.lar «Fotima va Zuhra» (O’. Umarbekov; F. Olimov), «Oqibat» (R. Ma’diev; B. Umidjonov), «Devona» (R. Ma’diev, F. Olimov) vab. Spektakllarda realistik an’analar ta’sirchan melodra- malar b-n uyg’unlashib ketdi. Keyingi yillarda syujet chizig’i hazil-mutoyiba, kiziqchilik, aktyorning yangi topilmalari b-n qorishib ketgan «Bu qanday balo» (E. Yusufaliev; N. Xa- lilov), «Superqaynona» (S. Ismoilov; F. Olimov), shuningdek, «tuydan keyin tomosha» (Shukrullo; N. Norxo’jaev), «Taqdir» (R. Ma’diev; B. Lutfullaev), «O’lding, aziz bo’dding» (X. Xursan- dov; F. Olimov) kabi bir qancha muvaf- faqiyatli spektakllar sahnalashtirildi. Bugungi kunda teatr izlanishda, harakatda, F. Rahmatova, M. Ixtiyoro- va, S Po’latov, N. Po’latova, D. Safoeva, M. Yoqubova, M. Qayumova, A. Mirzaeva- lar b-n bir qatorda R. Solihov, T. Bek- Nazarov, M. Salimov, T. Pirjonov, X. To’xtaev, 3. Boyxonova, B. Xolmirzaev, M. Bekjonova, A. Bekjonov, N. Rustamov, G. Rustamova, D. Uzoqov kabi yoshlar ham te- ATRning etakchi aktyorlaridir. Teatrning bosh rej.i — Bahodir na- zarov, bosh dirijyor — Jo’ra Ortiqov, bosh baletmeyster — Shokir Axmedov. M.t. binosi qad. va zamonaviy me’mor- lik uslublarini o’zaro uyg’unlashtirish asosida barpo etilgan (1943, bezakla- ri -1951, me’morlar D. Xazanov, V. Tixonov; muhandis A. Rabinovich; xalq ustalari yu. Musaev, M. Qosimov, Usta Shirin, Sh. G’ofurov, usta Mo’min va b. qatnashgan). Bosh tarzi 3 ravokli, peshtoqli, tepasi sharafali. Peshtoki- ning 2 yoniga ganchkori panjarali namoyon ishlangan. Usta Yusufali daxliz zalla- rini qobirg’ali gumbazlar b-n ko’targan, ustunlar orasiga ustma-ust ravoqlar o’rnatib, intereri ganch o’ymakorligida bezatilgan. Usta Mo’min tomosha zali devoriga uzum va uning barglari tasvi- rini ganchga o’yib ishlagan, foyesida esa gullayotgan o’rik daraxti tasvir- langan. Tomosha zali 800 tomoshabinga mo’ljallangan. Mustaqillik yillarida teatr ilk bor rekonstruktsiya qilindi. Marfua Hamidova.